Ukraina prezident Volodimir Zelenskiyga navbatdagi suiqasdning oldini oldi. Bu haqda 23 iyun, duşanba kuni "RBK-Ukraina" va "Interfaks-Ukraina" agentliklari iqtibos keltirgan Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyuk ma’lum qildi.

«Vazifa prezident Zelenskiyni "Jyeşuv" aeroportida jismonan yöq qiliş edi. Bir neça variant körib çiqilgan. Ulardan biri FPV-dron, ikkinçisi snayper majmuasi edi», — dedi SBU rahbari.

Uning versiyasiga köra, Moskva buyruği bilan suiqasdni sobiq harbiy, polşalik pensioner tayyorlagan. «Polşalik hamkasblarimiz professional tarzda işladi, bu bizning birgalikdagi işimiz edi», — deya qöşimça qildi Malyuk.

Moskva uning özini, GUR rahbari Kirill Budanov va Ukraina prezidenti devoni rahbarining ukasi Denis Yermakni ham öldiriş niyatida edi, dedi SBU rahbari.

Aprel oyida AQŞ Ğarbning Ukrainaga harbiy yordam körsatişda muhim markaz bölgan Jyeşuvdan Polşaning boşqa hududlariga şaxsiy tarkibi va harbiy texnikasini qayta joylaştirişi ma’lum böldi. Qaror Polşa hukumati va NATO böyiça boşqa ittifoqçilar bilan kelişilgan.