Sönggi kunlarda Yaqin Şarqda röy bergan harbiy harakatlar şundoq ham notinç vaziyatni yanada keskinlaştirdi. Bu Özbekistonning jahonga çiqiş yöllariga va taşqi savdo aloqalariga salbiy ta’sir etmay qolmaydi.

Şu bois vaziyatni töğri baholab, taşqi savdo, investitsiya, transport sohalarida tezkor çoralar köriş şartligi qayd etildi.

Xususan, eksport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş, yuklarni boşqa xavfsiz portlarga köçiriş zarur. Bu esa, dastlabki hisob-kitoblarga köra, taşiş xarajatining 30 foizgaça oşişiga sabab bölişi mumkin. Şu bois hamkor davlatlar bilan muqobil yöllarni kelişiş, eksportçi korxonalarni qöllab-quvvatlaş böyiça topşiriqlar berildi.

Transport vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda boşqa daxldor idoralar rahbarlariga tadbirkorlik sub’yektlari bilan yaqindan işlab, eksport-import amaliyotlariga kömaklaşiş, mahsulotlariga qöşimça bozorlar topiş vazifasi qöyildi. Şu bilan birga, işlab çiqarişni izçil davom ettiriş, içki bozorda narx barqarorligini ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.