AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan AQŞ Qurolli kuçlari Yevropa qömondonligi (EUCOM) rahbari lavozimiga nomzodi körsatilgan general-leytenant Aleksus Grinkeviç Ukraina Rossiya tomonidan uç yildan ortiq davom etayotgan uruşda ğalaba qozonişiga işonç bildirdi. Grinkeviç 24 iyun, seşanba kuni AQŞ Senatida öz nomzodi körib çiqilayotgan eşituvda sözga çiqdi.

«Öylaymanki, Ukraina ğalaba qozonişi mumkin. Öylaymanki, har safar vataningizga xavf tuğilganda siz biz uçun tasavvur qiliş qiyin bölgan matonat bilan kuraşasiz», — deya Grinkeviçning sözlarini keltiradi Reuters.

General-leytenantning nomzodi avvalroq NATOga a’zo davlatlar qömitasi tomonidan ma’qullangan, deb xabar qildi alyans matbuot xizmati 5 iyun kuni. Şu kuni avvalroq Tramp Grinkeviç nomzodini asosiy harbiy lavozimga körsatgan. EUCOM rahbari, an’anaga köra, Yevropada NATO Birlaşgan qurolli kuçlari (SACEUR - Supreme Allied Commander Europe) boş qömondoni lavozimini egallaydi.

Grinkeviç amaldagi qömondon, general Kristofer Kavolini almaştiradi. Rasmiy vakolatlarni topşiriş yozda amalga oşirilişi kutilmoqda.

NATOning Yevropadagi birlaşgan kuçlarining yangi rahbari katta harbiy tajribaga ega. U AQŞ ştab boşliqlari qömitasining operatsiyalar böyiça direktori bölib işlagan, ungaça qöşma kuçlarning havo kuçlariga qömondonlik qilgan. U, şuningdek, F-16 Fighting Falcon va F-22 Raptor qiruvçilari uçun parvoz instruktori, qurol-yaroğ böyiça ofitser va sinov uçuvçisi bölib xizmat qilgan.

SACEUR lavozimi alyans tuzilmasida boş kotibdan keyin ikkinçi eng muhimi hisoblanadi. Uşbu lavozim egasi harbiy harakatlarni boşqariş va missiyalarni rejalaştiriş uçun javobgardir. U alyansga a’zo davlatlardan siyosiy darajada tasdiqlangan vazifalarni bajariş uçun zarur kuçlarni söraş huquqiga ega.