Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvçi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Markaziy bank banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Quyida sanab ötilgan barça asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilişni boşlaş uçun asos deb hisoblanadi:

🔹 bankning tölovga qobiliyatsizligi yoki tölovga qobiliyatsizlikning yuzaga keliş ehtimoli yuqoriligi;
🔹 banklar tomonidan körilgan çoralar, şuningdek Markaziy bank tomonidan qöllangan nazorat çoralari tölovga qobiliyatsizlikni bartaraf etişga qodir bölmaganligi yoxud 6 oy içida buning ehtimoli mavjud emasligi;
🔹 bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bölmagan bankni majburiy tugatiş orqali belgilangan maqsadlarga erişib bölmasligi sababli sanatsiya qiliş zarurligi.

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boşqaruvçisini tayinlaş töğrisida qaror qabul qilişga haqli.

Sanatsiya qiliş vositalari quyidagilardan iborat:

🔸 aktivlar va majburiyatlarni ötkaziş (sotiş);
🔸 oraliq bankni taşkil etiş;
🔸 hisobdan çiqariş va (yoki) konvertatsiya qiliş.