Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan uch kishi qatl etildi
Ular mamlakatga alkogol ichimliklar partiyasi niqobi ostida terakt uyushtirish uchun uskunalarni olib kirishga uringan.
Eronning Urmiya qamoqxonasida «Mossad» foydasiga josuslik qilishda ayblangan uch kishi qatl etildi. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar berdi.

Eron hukumati versiyasiga ko‘ra, ular mamlakatga alkogol ichimliklar partiyasi niqobi ostida terakt uyushtirish uchun uskunalarni olib kirishga uringan. Ular hibsga olingan va dushman davlat hukumati bilan hamkorlik moddasi bo‘yicha sudlangan.
22 iyun kuni ham Eronda Isroilning «Mossad» razvedkasiga maxfiy ma’lumotlarni berishda ayblangan erkak qatl etilgandi.
Isroil bilan ziddiyat kuchaygan bir paytda Eronda josuslikda gumon qilinganlarni qatl qilish ko‘paydi. Kecha AQSh prezidenti Donald Tramp urushayotgan tomonlar bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilgandi. Ammo mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u dastlabki soatlardanoq har ikki davlat tomonidan buzilgan.
Avvalroq ShABAK maxsus xizmati Isroilda ikki nafar isroillik Eron foydasiga josuslikda gumonlanib hibsga olinganini ma’lum qilgandi. Eron ommaviy axborot vositalari, shuningdek, «Mossad»ning ehtimoliy ikki agenti hibsga olingani haqida xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
15:45 / 10.12.2025
Germaniyada josuslik va diversiya holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi
14:04 / 10.12.2025
Germaniyada RF foydasiga josuslikda gumonlangan uch kishi ustidan sud boshlandi
22:21 / 09.12.2025
Xitoy moliya kompaniyasining sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun qatl etildi
21:23 / 04.12.2025