Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil oynasiga boş qismi qisilib qolgan bolani YPX xodimi qutqarib qolgani videosi tarqaldi.

Unda yöl çetiga töxtagan Nexia 1 haydovçisi maşinadan tuşib dökonga kirib ketgani va avtomobilni pult yordamida qulflagani körinadi. Old yon oynalar kötarilayotgan vaqtda esa maşinada qolgan, voyaga yotmagan bola boş qismini oynadan çiqarib olgan. Natijada bolaning böyni oyna bilan qisilib qolgan, haydovçi esa bu vaqtda dökonga kirib ketib bölgan.

Şu vaqtda kelib qolgan YPX xodimi oynani sindirib, bolaning hayotini saqlab qoldi.

Kun.uz YHXX axborot xizmati bilan boğlanib, holatga oydinlik kiritdi. Ma’lum bölişiça, voqea keça, 24 iyun kuni Farğona viloyati Buvayda tumanidan ötuvçi Toşkent-Andijon yölida sodir bölgan.

Bolaning hayotini saqlab qolgan xodim YPX inspektori safdor Azim Xalifayev bölib, u Buvayda tumanida faoliyat olib boradi.

«Öşa paytda suv oliş uçun dökon oldida töxtadim. Oldimdagi maşina oynasidan bola boşi çiqib turgandi. U nafas olişda qiynalib, rangi oqarib ketgandi. Men darhol eşikni oçişga harakat qildim, lekin eşik oçilmadi. Keyin oynani sindirib, bolani çiqarib oldim», deya xodimning taassurotlarini aytib berdi YHXX axborot xizmati.

Ma’lum bölişiça, haydovçi yoş bolaning toğasi bölgan va dökon oldida töxtab, e’tiborsizlik bilan eşikni yopib ketgan. Haydovçiga çora körilmagan.