Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni «harbiy jinoyatçi davlat» deb atadi. Uning sözlariga köra, Toğli Qoraboğ uruşi davomida Armaniston armiyasi janglar zonasidan ança uzoqda joylaşgan aholi punktlarini öqqa tutgan.

«Armaniston Mingeçaurni bombardimon qiliş, töğonni yöq qiliş va Mingeçaur elektr stansiyasini işdan çiqariş bilan tahdid qilgan. Buni uşbu hududga tuşgan uzoq masofaga möljallangan snaryad va raketalar yaqqol tasdiqlaydi. Bu tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qarşi tajovuz edi. Bu — harbiy jinoyat», — dedi Ilhom Aliyev Mingeçaurdagi elektrostansiya oçilişida.

Aliyevning ta’kidlaşiça, «okkupatsiya davrida» Armaniston Ozarboyjonning aholi yaşaş punktlarini butunlay vayron qilgan. U, şuningdek, 1992 yilda sodir bölgan Xojali qirğinini genotsid deb atadi.

2023 yil sentabrda Ozarboyjon hukumati Qoraboğda harbiy operatsiya boşlagandi. U tugaganidan söng Qoraboğ rahbariyati respublika tugatilganini e’lon qildi, Armaniston esa mintaqani Ozarboyjonning bir qismi sifatida rasman tan oldi.