Isroilning Ğazo sektoriga uyuştirgan zarbalari oqibatida kamida 84 nafar falastinlik halok böldi, ularning aksariyati - gumanitar yordam punktlarida.

Tibbiy manbalarga köra, önlab falastinliklar yaralangan.

Xususan, falastinliklar yordam kutiş uçun töplangan eksklavning markaziy qismidagi Netzarim koridori hududida Isroil armiyasi hujum uyuştirdi va 29 kişi halok böldi.

Guvohlarning xabar berişiça, halok bölganlarning jasadlari hamon Netzarim yölagida qolgan, biroq davom etayotgan tahdid tufayli ularni olib çiqib bölmaydi.

Rafah şahridagi yordam tarqatiş nuqtasi yaqinida gumanitar yordam kutayotgan tinç aholi nişonga olingan hujumda 27 kişi halok böldi.

Bundan taşqari, Isroilning Ğazo sektori janubidagi Xon-Yunusga bergan zarbasi oqibatida yetti nafar falastinlik halok böldi.

"Al-Ahli" baptistlar kasalxonasidagi tibbiy manbalarga köra, Isroilning Ğazo şahri janubi-şarqidagi Zaytun mavzesidagi turar joy binosiga uyuştirgan hujumida 10 kişi halok bölgan.

Xon-Yunusdagi Nasr kasalxonasidagi manbalarning xabar berişiça, Karara aholi punkti şimoli-ğarbiy qismida köçirilganlar joylaşgan çodirga uyuştirilgan havo hujumida uç falastinlik halok bölgan.

Şuningdek, Xon-Yunusning Satr tumanida vayronalar ostidan yana ikki qurbonning jasadi topilgan.

Ğazo şimolidagi Jabaliya aholi punkti va Ğazoning şarqiy qismidagi Şujayya mavzesiga uyuştirilgan hujumlarda yana ikki kişi halok böldi.

Soğliqni saqlaş rasmiylari Ğazo şahrining turli qismlarida sodir etilgan boşqa hujumlarda yana tört kişi halok bölganini tasdiqladi.

27 maydan beri Isroil BMT va xalqaro yordam agentliklarini çetlab ötib, AQŞ va Isroil nazoratidagi «Ğazo gumanitar yordam jamğarmasi» orqali yordam tarqatmoqda.

Taşkilot BMT tomonidan tan olinmagan va Falastin kuçlari tomonidan rad etilgan. HAMAS bunday sxemalarni «ölim tuzoqlari» deb ataydi.