Bugun, 25 iyun kuni Niderlandiyaning Haaga şahrida NATO yetakçilari uşbu taşkilot uçun yilning eng muhim hamda AQŞ prezidenti Donald Tramp uçun maxsus moslaştirilgan sammitida yiğiladi.

Keça, 24 iyun kuni siyosiy tadbir oldidan NATO yetakçilari va ularning rafiqalari şarafiga Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va uning rafiqasi tomonidan uyuştirilgan ziyofat bölib ötdi.

«Bugun sizlarni Huis Ten Bosch saroyida qabul qiliş men uçun katta mamnuniyat. Ertangi muhokamalarda sizga donolik tilayman va ularning natijasida NATO har qaçongidan ham kuçliroq bölişiga töliq işonaman», degan Niderlandiya qiroli Villem Aleksandr.

Reuters naşrining yozişiça, sammitda a’zo davlatlar uçun yalpi içki mahsulotning (YaIM) 5 foizigaça bölgan yangi mudofaa xarajatlari maqsadi ma’qullanişi kutilmoqda. Bu Trampning talablari va Yevropaning, ayniqsa, Rossiyaning 2022 yildagi Ukrainaga bosqinidan söng xavfsizlikka tobora köproq tahdid sifatida qaralayotganidan kelib çiqqan taşvişlariga javobdir.

«Avval NATO moliyaviy jihatdan suiiste’mol qilingan edi, men ularga: «Tölaşingiz kerak», dedim. Şundan söng biz işni boşladik va hozir ular ançagina tölaşyapti. Keyin aytdim: «4 foiz yoki 5 foizgaça kötaring, 5 foiz – eng yaxşisi», deya Trampning sözlarini keltirmoqda AP. Trampga köra, mamlakat yalpi içki mahsulotining 5 foizini mudofaa uçun ajratiş «yaxşi» va «bu ularga ança köproq kuç beradi».

Yangi maqsadga 10 yil içida erişilişi kutilmoqda, lekin bu körsatkiç — amaldagi 2 foizlik maqsaddan sezilarli ravişda yuqori. Bu özgarişlar minglab milliard dollarlik qöşimça yillik harbiy xarajatlarni anglatadi. Trampning talabi bilan qilingan rejaga köra:

·       3.5 foiz YaIM asosiy harbiy ehtiyojlar — askarlar va qurollarga,