Donald Tramp Amerikaning Eron yadro inşootlariga bergan zarbalarini Ikkinçi jahon uruşi davridagi Xirosima va Nagasaki şaharlariga taşlangan atom bombalariga qiyosladi.
«Men Xirosima yoki Nagasakini misol tariqasida keltirmoqçi emasman, lekin mohiyatan bu xuddi şu narsa - bu uruşni nihoyasiga yetkazdi», dedi AQŞ prezidenti Haagadagi NATO sammitida.
Tramp sözlariga köra, Amerika bombardimonlari nafaqat Isroil va Eron örtasidagi uruşni tugatdi, balki Isroilning Ğazo sektoridagi Hamasga qarşi uruşida muvaffaqiyatga erişişga yordam berişi mumkin.
«Öylaşimça, Ğazo böyiça katta taraqqiyot böldi. Öylaymanki, biz amalga oşirgan hujum tufayli bizni juda yaxşi yangilik kutmoqda», dedi u.
Prezident, şuningdek, AQŞ zarbalari Eronning yadroviy dasturini bir neça oy orqaga surgani haqidagi oşkor qilingan razvedka ma’lumotlari aniq emasligini ta’kidlaşda davom etdi. Tramp Fordo, Natanz va Isfaxondagi zavodlarga yetkazilgan zararni Isroil öz bahosini bermagunça töliq şarhlab bölmasligini ta’kidladi.
AQŞ 22 iyunga ötar keçasi Eronning Isfahon, Natanz va Fordodagi uçta yadroviy obektiga zarba berdi. Şundan beri Tramp Eronning yadroviy dasturi yöq qilinganini bir neça bor ta’kidlagan. AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset ham zarbadan söng ötkazilgan matbuot anjumanida «Eronning yadroviy ambitsiyalari butunlay yöq qilinganini» aytdi.
Şu bilan birga, CNN va NYT naşrlari AQŞ razvedkasining dastlabki ma’lumotlariga tayanib, AQŞ zarbalari Eron yadroviy materialining ozgina qismini yöq qilganini, Tehron esa boyitilgan uran zaxiralarining katta qismini köçirişga va yaşirişga muvaffaq bölganini, bundan taşqari, AQŞ tomonidan urilgan nişonlar Tramp ma’muriyati kutganidek zarar körmaganini ma’lum qildi. Bunga javoban AQŞ prezidenti ommaviy axborot vositalarini tanqid qildi va bu xabarlarni «soxta» deb atadi.

















