Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 350 ta ilğor ASRAAM qisqa masofali «havo-havo» raketalarini Ukrainaga quruqlikdan uçiriş moslamalari uçun moslaştirilgan holda topşirişini e’lon qildi. Yetkazib beriş Extraordinary Revenue Acceleration (ERA) dasturi doirasida Birlaşgan Qirollikdagi muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foiz daromadidan 70 million funt sterling hisobidan moliyalaştiriladi.

Idora ma’lumotlariga köra, uç oy içida dastlab qiruvçi samolyotlardan uçiriş uçun möljallangan raketalar harbiy yuk maşinalari asosidagi akkumulyatorlardan yerga uçiriş uçun moslaştirilgan. Ular avvalroq Kiyevga yetkazilgan (sakkizta) Raven mobil tizimining bir qismi böladi va yana beşta raketa bilan töldiriladi.

Boş vazir Kir Starmer: «Ukraina Vladimir Putin boşlagan noqonuniy uruş uçun pul tölamasligi kerak, Rossiya tölaşi kerak. Muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tuşgan mablağdan Ukrainaning havo mudofaasini mustahkamlaş uçun foydalaniş mutlaqo töğri qadam», dedi.

Mudofaa vaziri Jon Xili tinçlikka erişiş uçun Kiyev imkon qadar kuçli pozitsiyada bölişi kerakligini ta’kidladi: «Rossiyaning Ukraina şaharlariga pala-partiş raketa va dronlar bilan zarbalar berişi Putinning tinçlik kayfiyatida emasligini körsatadi. Şu bois muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tuşgan mablağni Ukrainani bu xunrezlikdan himoya qiliş uçun işlatişga haqlimiz».

Mudofaa vazirligi bayonotida London allaqaçon Ukrainaga har xil turdagi jami 5000 ta raketa yetkazib beriş majburiyatini olgani eslatildi.