Eron oliy rahbari Ali Xominaiy sönggi mojaroda Eron tomoni AQŞ va Isroilni mağlub etişga muvaffaq bölganini aytdi.
«Sizlarni Eronning Amerika rejimi ustidan qozongan buyuk ğalabasi bilan tabriklayman. Amerika rejimi uruşga töğridan-töğri kirdi, çunki ular buni qilmasa, sionistik rejim butunlay yöq bölib ketişini tuşundi. Ular bu rejimni qutqariş uçun uruşga kirişdi, lekin heç narsaga erişa olmadi», deb yozdi Xominaiy ijtimoiy tarmoqda.
Keyinroq Eron ommaviy axborot vositalari Xominaiy telemurojaatini efirga uzatdi, unda Eron yadro inşootlari haqiqatan ham Amerika zarbalaridan zarar körgani, ammo Vaşingtonning bu operatsiyasining muvaffaqiyati, şunga qaramay, çeklangani aytiladi.
Xominaiy şuningdek, Eron heç qaçon taslim bölmasligini ta’kidladi va agar kimdir yana mamlakatga hujum qilişga urinsa, jiddiy javob berilişini ma’lum qildi.
Eron va Isroil örtasidagi qarama-qarşilik boşlangan 13 iyun kunidan beri Eron oliy rahbari xalq oldiga çiqmagan edi.
22 iyunga ötar keçasi AQŞ Eronning Natanz, Fordo va Isfaxondagi yadroviy inşootlariga zarba berdi. Prezident Donald Tramp obektlar töliq yöq qilinganini aytdi. Eron bunga javoban Qatardagi AQŞ harbiy bazasiga raketa uçirdi.
23 iyun kuni Tramp Isroil va Eron örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganini e’lon qildi. Keyinroq Isroil va Eronda sulh tasdiqlandi.










