Italiyadagi eng yirik supermarket kooperativlaridan biri Coop Alleanza 3.0 Isroilning Ğazoga hujumlari va Falastin aholisini gumanitar blokadaga olişiga norozilik sifatida Isroilning bir qator mahsulotlari sotuvdan olib taşlanganini e’lon qildi.
E’lon qilingan bayonotda tarmoq rahbariyati Coop Alleanza 3.0'ning Yaqin Şarqdagi voqealar böyiça pozitsiyasi uzoq vaqtdan beri ma’lum ekanligini ta’kidladi: «Biz Ğazoda davom etayotgan zöravonliklarga befarq qola olmaymiz. Kooperativ har doim harbiy amaliyotlarni zudlik bilan töxtatiş çaqiriqlarini qat’iy qöllab-quvvatlagan, Isroil hukumati gumanitar yordam yetkazilişiga tösqinlik qiladi».
Sönggi haftalarda mintaqada keskinlik kuçayib borayotganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, Coop Alleanza 3.0 izçil qaror qabul qilib, yeryonğoq, tahin va Sodastream mahsulotlarini öz içiga olgan ba’zi Isroil mahsulotlarini peştaxtalardan olib taşladi. Bunday qarorga, şuningdek, Etika komissiyasining avvalgi direktorlar kengaşiga taqdim etgan hisoboti ham sabab bölgan.
Isroil mahsulotlarini boykot qilişdan taşqari, kooperativ Ğazo aholisi bilan birdamlik kampaniyasi boşlanganini e’lon qildi. Xususan, Coop Alleanza 3.0 Coop For Refugees milliy taşabbusida iştirok etadi va yaqinda özining mahsulot qatoriga Gaza Cola'ni qöşdi — bu loyiha 100 foiz falastinlik işlab çiqaruvçilarga tegişli. Uşbu içimlikni sotişdan tuşgan mablağ Ğazo sektoridagi şifoxonani qayta qurişga yönaltiriladi.













