Germaniyada istiqomat qilayotgan rus demokratik kuçlari vakillari Germaniya kansleri Fridrix Mersga rossiyalik siyosiy mahbuslarni qamoq va koloniyalardan ozod qilişga kömaklaşişni sörab murojaat qildi. Bu haqda Rossiya muxolifati vakillarining 26 iyun, payşanba kuni çop etilgan maktubida aytiladi.

«Sizdan bugungi kunda qamoqxonalar va koloniyalardan ovozi eşitilmayotganlarni ozod qiliş jarayoniga yordam berişingizni söraymiz. Mahbuslar almaşinuvi davom etayotgan bir paytda siyosiy moddalar bilan sudlangan fuqarolarning ahvoli ança oğir», — deyiladi maktubda. Murojaat taşabbuskori protoiyerey Andrey Kordoçkin böldi. Unga imzo çekkanlar orasida siyosatçilar Ilya Yaşin, Andrey Pivovarov, Maksim Reznik, Yelena Filina, huquq himoyaçisi Olga Romanova, galerist va siyosiy texnolog Marat Gelman, adabiy tanqidçi va art-kurator Anna Narinskaya va boşqalar bor.

«Ukrainalik harbiy asirlarda qamoqda qolişning barça dahşatlariga qaramay, bir munça vaqt ötib ozodlikka çiqişga va almaştirilgandan söng öz uyiga qaytişga nisbiy umid bor. Siyosiy mahbuslarda bunday umid yöq, töğriroği, umid bor, ammo qisqa muddatli istiqbolda u umuman yöq», — deya tuşuntiradi Kordoçkin.

Murojaatni imzolaganlar rossiyalik siyosiy mahbuslarni ozod qilişning ehtimoliy variantlari sifatida ayirboşlaş yoki özaro amnistiyani keltirdi, bu esa «Ukrainadagi «rus dunyosi» tarafdorlarini ham, rossiyalik siyosiy mahbuslarni ham ozod qilişga imkon beradi».

«Albatta, biz nemislar va boşqa yevropalik siyosatçilarga kimni ozod qiliş kerakligini ayta olmaymiz. Gap Ukrainadagi odamlar haqida ketmoqda, ular e’tiqodi, putinizmni, agressiv uruşni qöllab-quvvatlagani uçun qamoqda», — deydi Kordoçkin DW naşriga bergan intervyusida.

Siyosatçi Andrey Pivovarovning sözlariga köra, taklif etilayotgan variantni ehtimoliy almaşinuv uçun «yöl xaritasi» deb hisoblaş mumkin. «Afsuski, bu rossiyaliklar uçun ham, ukrainaliklar uçun ham unçalik qiziq bölmasligi mumkin — ular uçun harbiy asirlar va öğirlanganlar muhimroq. Lekin Putin bu borada bahslaşa olmaydi», — dedi Andrey Pivovarov. Uning fikriça, Kreml uçun nega öz tarafdorlarini Ukraina qamoqlaridan çiqarib olişdan boş tortganini uruşni qöllab-quvvatlayotgan «içki vatanparvarlar» va ruslarga asoslab berişi qiyinroq böladi. «Putin uruşni «rus dunyosi» uçun kuraş deb körsatyapti, mana, sizning tarafdorlaringiz, kutgan odamlaringiz bor. Ularni çiqarib oling va siz tomonda qamoqda ötirganlarni amnistiya qiling», — deya çaqirdi Pivovarov. «Agar Ukrainada uruşni tugatiş böyiça muzokaralar boşlansa, men mahbuslar masalasi keskin bölişini va muhokama qilinişini istardim», — deya qöşimça qildi siyosatçi.