Sammitning asosiy mavzusi NATO davlatlarining mudofaa xarajatlarini yalpi içki mahsulotning 5 foizigaça oşiriş bölib, bu borada ittifoq a’zolari kelişib oldi. Bundan taşqari, Tramp sammitda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi.

Tramp muloqot paytida öt oçişni töxtatiş masalasini muhokama qilmaganini aytdi — u Zelenskiyning «işlari qanday ketayotganini körmoqçi bölgan». Keyinroq Ukraina prezidenti «jang maydonidagi vaziyat haqida gaplaşganini» ma’lum qildi va Trampga «haqiqatdan ham joylarda nima bölayotganini» aytgan.

Sammitning yakuniy deklaratsiyasida Ukrainadagi uruş haqida heç narsa aytilmagan.