Vengriya boş vaziri Viktor Orban Rossiya NATOga tahdid soladigan darajada kuçli emasligini aytdi.
NATO sammitining yakuniy kunida Haagada jurnalistlar bilan suhbatda bölgan Orban Yevropadagi xavfsizlik va iqtisodiy vaziyat bilan boğliq bir qator savollarga javob berdi.
Uning ta’kidlaşiça, Yevropa uçun asosiy tahdid xavfsizlik emas, balki raqobatbardoşlikni yöqotişdir.
«Biz jahon savdosida öz örnimizni yöqotmoqdamiz. Asosiy muammo — iqtisodiy tahdid», — dedi u.
Global xavfsizlikning AQŞ prezidenti Donald Tramp qarorlariga boğliqligi haqidagi savolga Orban Tramp soğlom fikrli odam ekanligini aytdi.
«Biz buni yaqinda Eron va Isroil örtasidagi mojaroga aralaşganida kördik. Uning harakatlari tufayli uruşlar qisqarmoqda va tajovuzkor ritorika öz kuçini yöqotmoqda», — dedi u.
NATOning mudofaa xarajatlarini yalpi içki mahsulotning 5 foiziga yetkaziş böyiça yangi maqsadini izohlar ekan, Orban Yevropa Ittifoqining joriy budjet qoidalarini qayta körib çiqiş zarurligini aytdi.
«Mavjud qoidalar mavjud ekan, kim nima deyişidan qat’i nazar, heç bir davlat 5 foizga erişa olmaydi. Biz hamma narsani yangi tizim böyiça qayta hisoblaşimiz kerak — şunda bu mumkin böladi», deb ta’kidladi boş vazir.
Orban, şuningdek, «Rossiya real xavf tuğdirmaydi», deb ta’kidladi.
«Biz ança kuçlimiz. NATOning Ukrainada işi yöq, çunki u xuddi Rossiya kabi alyansga a’zo emas. Mening vazifam - şunday bölib qolişi uçun hamma narsani qiliş», — deya xulosa qildi u.









