Vaşington Rossiya va Ukrainani ikki davlat örtasidagi mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça muzokaralar olib borişga çaqirişda davom etmoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio NATOning Haagadagi sammiti çoğida Politico naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Diplomatga köra, joriy yil boşidan beri janglarda 80 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bölgan, Ukrainaning yöqotişlari esa nisbatan kamroq.

«Biz bu mojaroga barham berişga intilyapmiz. Biroq bu qonli, buzğunçi va ma’nosiz uruş taraflari hali oldinga siljiş istagini körsatgani yöq. Şu munosabat bilan biz muzokaralarga çaqirişda davom etamiz», — dedi Rubio.

Davlat kotibi, şuningdek, AQŞ nega Moskvaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etilişini qöllab-quvvatlamayotganini tuşuntirdi. Unga köra, agar Rossiya Federatsiyasiga nisbatan çeklovlar kuçaytirilsa, Vaşington Rossiya bilan muloqot qiliş imkoniyatidan mahrum böladi. 

«Agar biz bu yerda hamma xohlagan narsani qilsak, ya’ni ularga qarşi yangi sanksiyalar kiritsak, keyin ular bilan sulh haqida gaplaşa olmaymiz. Xöş, şundan söng ular bilan kim gaplaşadi?» -  Amerika diplomatiyasi rahbari.