Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi
2025 yil 26 iyun kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish va aholiga qonunchilikda belgilangan ayrim ijtimoiy pulli xizmatlar ko‘rsatishdan olingan mablag‘lar soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlarga kiritildi.
Shuningdek, mazkur xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari yer solig‘i solish obekti hisoblanmasligi belgilandi.
Quyidagi daromad turlariga soliq solinmasligi ko‘zda tutildi:
🔹 Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek ular xotini (eri)ning daromadlari;
🔹 “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining faoliyati natijasida olingan, ularning soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi tarzidagi daromadlari.
Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari mol-mulk, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan 2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha ozod etilishi ko‘rsatildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

19:11 / 23.06.2025
Buyuk Britaniyada «Robin Hud» solig‘ini joriy etish taklif qilindi

11:37 / 11.06.2025
O‘zbekiston va XVJ soliq siyosatini takomillashtirishni muhokama qilmoqda

16:08 / 24.05.2025