Germaniya aholisining deyarli uçdan ikki qismi (65 foiz) mamlakat mudofaa xarajatlarini 2035 yilga borib yalpi içki mahsulotning 5 foizigaça oşirişni ma’qullaydi, bu haqda Haagadagi NATO sammiti iştirokçilari tomonidan kelişib olingandi. Buni 27 iyun, juma kuni e’lon qilingan ZDF-Politbarometer sörovi natijalari körsatmoqda.

Ta’kidlanişiça, Germaniyaning ğarbiy qismida bunday rejalarni qöllab-quvvatlovçilar uluşi şarqqa qaraganda ança yuqori: 68 foizga nisbatan 49 foiz. Taqqoslaş uçun: Berlin mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oşirişiga qarşi bölganlarning uluşi, uşbu sörovga köra, butun Germaniya böylab 3 foizni taşkil qiladi. Respondentlarning 32 foizi javob berişga qiynalgan.

Şu bilan birga, respondentlarning 90 foizi Yevropaning AQŞ yordamiga qaram bölmasdan, mustaqil ravişda özini himoya qila olişini muhim deb bilişini aytdi.

Germaniya mudofaa xarajatlarini oşiriş tarafdorlarining eng köp qismi özini hukmron XDI/XSI bloki (85 foiz), Erkin demokratik partiya (ErdP, 78 foiz) va hukmron Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP, 71 foiz) saylovçilari deb hisoblaydiganlardir.

Patsifistlar harakatidan çiqqan «Ittifoq 90»/«yaşillar» partiyasi tarafdorlari orasida respondentlarning 67 foizi mudofaa xarajatlarini oşiriş tarafdori. "Germaniya uçun muqobil" (GuM) öng qanot populistlari orasida qöllab-quvvatlaganlar soni 46 foiz, Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatiş tarafdori bölgan "Sara Vagenknext ittifoqi"da (SSI) esa 14 foiz.

Germaniyada majburiy harbiy xizmatga qaytiş istiqboli haqida öz fikrlarini bildirar ekan, respondentlarning 17 foizi erkaklar uçun bunday qadamni qöllab-quvvatlaşini bildirgan. 45 foizi erkaklar va ayollar uçun majburiy harbiy xizmatni joriy etişni töğri deb hisoblasa, 35 foizi bunga qarşi. Majburiy harbiy xizmatga qarşi bölganlar orasida yarmidan köpi (52 foiz) 18 yoşdan 34 yoşgaça bölganlardir.