Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida fuqaro A.S. IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat qildi.
Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro B.S. Yuqori Chirchiq tumani Miyam-Kangli mahallasida joylashgan hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, kelishilgan puldan 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Mavzuga oid
09:48 / 18.12.2025
Toshkent viloyatida qo‘lbola pirotexnika vositalari aniqlandi
12:59 / 10.12.2025
Video: Piskentda ko‘plab daraxtlar kesilib, yashil hudud yo‘q qilingani aytilmoqda
11:59 / 09.12.2025
Toshkentda katta miqdorda psixotrop dori biologik qo‘shimcha idishlariga solingan holda topildi
09:59 / 09.12.2025