Ötkazilgan tezkor-qidiruv çoralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylaştirilgani aniqlandi.
Toşkent şahar Uçtepa tumanida ota-onasi qaramoğida yaşovçi voyaga yetmagan I.A. (2012 yilda tuğilgan öğil bola) kiçik yoşli ukasi A.M. (2022 yilda tuğilgan öğil bola)ni şöxligi uçun göyoki ta’zirini beriş maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida (özi oçgan akkauntdan) e’lon joylaştirgan. U sotuv narxini 150 ming söm deb körsatgan.
Bolalar ombudsmani uşbu harakatni “şunçaki bolalarça öylovsiz tarzda” qilinganini ta’kidladi.
Hozirda holat yuzasidan Uçtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur holat böyiça öz kuzatuvini davom ettirmoqda.









