Xiaomi kompaniyasi özining ikkinçi elektromobili - YU7 yöltanlamasini taqdim qilgaç, Hongkong birjasidagi aksiyalari qiymati 8 foizga oşdi. Bunga elektromobilga oldindan berilgan buyurtmalar sonining rekord darajada köpligi sabab bölgan, deb yozdi Bloomberg.
26 iyun kuni Xiaomi özining YU7 elektr yöltanlamas avtomobilini taqdim etdi, uning narxi 253500 yuan (35360 dollar). Bu korporatsiyaning Xitoy bozoridagi ikkinçi elektromobili bölib, unga örnatilgan haydovçiga yordam beriş texnologiyasi ham katta qiziqiş uyğotgan.

Savdo jarayoni oçilganidan keyingi birinçi soatda Xiaomi YU7 uçun kutilmaganda katta miqdordagi buyurtma tuşdi – qariyb 290 mingta.
Xiaomi YU7 Xitoy bozorida Tesla Model Y raqobatçisi deb e’lon qilindi. Xiaomi asosçisi Ley Jun taqdimot davomida uşbu ikki modelni töğridan-töğri taqqosladi, xuddi bir vaqtlar Mi smartfonlarini iPhone bilan taqqoslaganidek.
YU7 narxi Model Y narxidan biroz pastroq bölib, unga iste’molçilar talabi tahlilçilar va bozor kutilmalaridan sezilarli darajada yuqori ekani ta’kidlanmoqda. Bu esa Xiaomi kompaniyasiga Xitoyning premium avtomobil bozoridagi yetakçi mavqeini yanada mustahkamlaş imkonini beradi.
Mart oyida Xiaomi Hongkong birjasida aksiyalarni joylaştiriş çoğida 5,5 milliard dollar yiğdi. Kompaniya uşbu mablağlarni özining elektromobil biznesini rivojlantirişga yönaltirişni rejalaştirgan. Xiaomi, xususan, işlab çiqarişni köpaytiriş va Pekindagi zavodini kengaytiriş niyatida.









