Yevropa Ittifoqi sammiti Ukrainani YeIga a’zoligiga qabul qiliş muzokaralarini boşlaşni qöllab-quvvatlovçi yakuniy bayonotni qabul qila olmadi. «Suspilne» naşriga köra, Vengriya uşbu bayonotga qarşi çiqqan.
Yevropa kengaşi xabarida aytilişiça, kommyunike matnini YeIga a’zo 27 ta davlatning 26 tasi «qat’iy» qöllab-quvvatlagan. «Yevrokengaş uşbu mavzu muhokamasiga keyingi uçraşuvda [oktyabrda] qaytadi», — deyiladi press-relizda.
Yakuniy bayonot loyihasida ta’kidlanişiça, Yevropa kengaşi Rossiyaning Ukraina hududlarini öqqa tutişlarini qoralaydi, Kiyevni har tomonlama qöllab-quvvatlaşni davom ettiradi hamda «Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş yölini qöllab-quvvatlaydi».
«Yevropa Kengaşi YeI Kengaşini [vazirlar darajasida] Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş jarayonida keyingi qadamlarni körişga çorlaydi. Bu jarayon yutuqlarga asoslangan yondaşuv asosida amalga oşirilişi lozim bölib, barça şartlar bajarilgandan söng muzokara bölimlari oçilişi kerak», — deyiladi bayonot loyihasida. TASSning qayd etişiça, uşbu jumla — Kiyevni YeIga qabul qiliş böyiça muzokaralarni boşlaş haqida Yevroittifoq Kengaşiga bevosita körsatma hisoblanadi.
Ukraina Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça rasmiy arizani 2022 yil 28 fevralda — RF qöşinlari mamlakatga bostirib kirganidan bir neça kun ötib bergandi. 2022 yil iyulda u nomzod davlat maqomini olgan. Nomzod davlatning Yevroittifoqqa qöşilişini YeIga a’zo barça davlatlar qöllab-quvvatlaşi kerak.
Vengriya Ukrainaning Yevroittifoqqa qöşiliş böyiça muzokaralarini bloklamoqda. May oyida Budapeşt taşabbusi bilan milliy ozçilik böyiça ikki tomonlama muzokaralar bekor qilingan edi.
YeI sammiti oldidan Vengriya boş vaziri Viktor Orban mamlakat aholisi orasida ötkazilgan maslahatlaşuv referendumining aksariyat iştirokçilari Ukrainaning YeIga qöşilişini qöllab-quvvatlaşga qarşi çiqqanini ma’lum qilgandi.









