Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ Eron bilan muzokaralarni tiklamoqçi
Sönggi ikki hafta davomida harbiy töqnaşuvlarga qaramay, AQŞ va Yaqin Şarqdagi muhim şaxslar — Eron rasmiylari bilan yaşirinça muzokaralar olib borgan. CNN naşri uşbu masala bilan taniş manbalariga köra, Tramp administratsiyasining takliflari özgaruvçan, ammo bitta qat’iy şart mavjud: Eron tomonidan uran boyitilişining butunlay taqiqlanişi. Eron esa bu talabga avvaldan qarşilik bildirib kelmoqda.
Bu paytgaça ommaga ma’lum bölmagan muhokama qilinayotgan şartlardan biri — Eronda fuqaroviy energiyaga möljallangan, ammo uran boyitilmaydigan yadroviy dastur uçun 20-30 milliard dollargaça sarmoya kiritiş taklifi. Ammo AQŞ uşbu xarajatlarni arab ittifoqçilari zimmasiga yuklaş niyatida.
«Biz uşbu muzokaralarga rahbarlik qilişga tayyormiz. Loyihani amalga oşiriş uçun kimdir pul tölaşi kerak böladi, ammo bu biz bölmaymiz», — degan Tramp ma’muriyati rasmiysi CNNga.
Boşqa imtiyozlar qatorida, ba’zi sanksiyalarni bekor qiliş va Eronning xorijiy bank hisoblarida bloklangan 6 milliard dollar miqdoridagi mablağdan foydalanişga ruxsat berilişi ham közda tutilmoqda.
Takliflar körib çiqilayotganining sababi – Oq uy ma’muriyatida Eronga şartlar röyxatini taqdim etiş imkoniyati paydo bölişi mumkin. Xususan, prezident Tramp çorşanba kuni AQŞ va Eron keyingi hafta muzokara stoli atrofida ötirişlari mumkinligini aytgandi.
26 iyun kuni çiqiş qilgan Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi esa hozirça AQŞ bilan muzokaralar bölmasligini aytdi.
«AQŞning Eronga uyuştirgan harbiy hujumlari diplomatiya va muzokaralarga xiyonat. Muzokaralarni qayta boşlaş böyiça heç qanday kelişuv yöq. Hatto muzokaralar haqida heç qanday gap ham bölmagan. Muzokaralar hozir kun tartibida emas», deya Aroqçining sözlarini keltirmoqda Mehr News.
Eron boş diplomati ular diplomatiyaga sodiq qolişini ta’kidladi, biroq AQŞ bilan muzokaralarni tiklaş yoki tiklamaslik qarori yana körib çiqilişi lozimligini aytdi.
Uruş uçun tovon
Siyosatçilar boşlagan uruşlar har doim oddiy xalqning boşiga zarar olib keladi: ham moddiy, ham jismoniy. Jumladan bir neça hafta oldin Isroil boşlagan uruş ham bundan mustasno emas.








