Kolumbiyaning Medelin şahri ma’muriyati 24 iyun kuni kuçli yomğirdan keyin sodir bölgan köçki qurbonlari soni 16 kişiga yetganini ma’lum qildi. Kamida sakkiz kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Meriya ma’lum qilişiça, yangi jasadlar kuçli yomğirlar köçkiga sabab bölgan Bello va Altos-de-Oriyente tumanlarida topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, tabiiy ofat oqibatida 50 ga yaqin uy zarar körgan. Qutqaruv işlari uzluksiz davom etmoqda.

Şuningdek, suv toşqinidan jabr körgan 971 kişi şahar boşpanalariga joylaştirilib, ularga zarur tibbiy yordam körsatilayotgani ma’lum qilindi.

Kolumbiyada mart oyidan beri davom etayotgan kuçli yomğirlar mamlakatning turli mintaqalarida qurbonlar va jiddiy vayronagarçiliklarga sabab böldi.