2025 yil 28 iyun kuni Ostona şahrida Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi. Unda Qozoğiston Prezidenti taşabbuslari jamğarmasi — «Dara» fondi tomonidan mamlakatda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlariga Qosim Jömart Töqayev nomidan kvartiralar berildi.
«Media sohasi vakillarini uy-joy bilan ta’minlaş taşabbusi fuqarolarga ijtimoiy kömakni kuçaytiriş va jamiyatda barqarorlikni mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli davlat siyosatining bir qismidir», deyiladi fond xabarida.
Ma’lum qilinişiça, Qozoğistonda 2023 yilda 5 ta davlat OAVdan 65 nafar xodimga bepul mulk topşiriş şartnomasi asosida kvartira berilgan. 2024 yilda esa 68 ta kvartira, 2025 yilda yana 66 nafar turli media sohasi xodimlariga yangi uylar topşirildi.

Şuningdek, Töqayevning maslahatçisi – Prezident matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay OAV vakillarini kasb bayrami bilan tabrikladi:
«Uçinçi yildirki, davlat rahbari Qosim Jömart Töqayev topşiriğiga binoan uşbu tadbir an’anaviy tarzda ötkazilmoqda. Bu esa prezident mahalliy OAV xodimlarini doimiy qöllab-quvvatlaşini namoyon etadi. Bu yil uy faqat jurnalistlargagina emas, balki rejissyorlar, operatorlar, korrektorlarga va boşqa media mutaxassislariga ham berilmoqda. Şuningdek, ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarga ham alohida e’tibor qaratildi — uy egalarining orasida köp farzandli oilalar va nogiron farzandli oilalar ham bor. Kasbdoşlarim muvaffaqiyatidan çin dildan xursandman va yurakdan muborakbod etaman», — dedi Ruslan Jyeldibay.

Uy-joy sertifikatlariga Qozoğistonning davlat OAVlari, şu bilan bir qatorda xususiy OAVlari xodimlariga ham berilgan. Kvartira egasi bölganlar orasida korrektorlar, operatorlar, muharrir va rejissyorlardan tortib sifatli mahsuloti yaratilişini ta’minlayotgan professional jurnalistlargaça bor.
Eslatib ötamiz, keça 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Özbekistonda ham «Oltin qalam» milliy mukofoti ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötgan edi.









