Özbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, Polşadagi Özbekiston elçixonasi hamda uşbu mamlakatning tegişli idoralari hamkorligida xalqaro qidiruvda bölgan fuqaro A.A Özbekistonga qaytarildi.
Elçixona xabariga köra, A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan bölib, Özbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.
Avvalroq, Özbekiston va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida, BAA politsiyasining kömagi bilan qidiruvda bölgan 12 nafar şaxs Özbekistonga qaytarilgan edi.









