Tuproqqal’a tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimi Hazorasp tumanida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, mansabdor tanişlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga 1500 AQŞ dollari talab qiladi.

DXXning Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQŞ dollari va 1 mln 300 ming söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şovot tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimi ham özganing işonçiga kirib, içki işlar organlaridagi tanişlari orqali unga haydovçilik guvohnomasi olib berişini aytib, evaziga 1400 AQŞ dollari va 1 mln 300 ming söm olganlik holati hujjatlaştirildi.

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvçilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.