Ukraina

Rossiya qöşinlari 28 iyunga ötar keçasi Odessaga dronlar bilan hujum qildi. Dron urilişi oqibatida 21 qavatli uyning bir neça qavatidagi kvartiralarda yonğin çiqqan. Oilaviy juftlik halok bölgan. Qutqaruvçilar yonib ketgan kvartiralardan biridan ularning jasadlarini olib çiqqan. «Suspilne»ning yozişiça qurbonlar Mixaylovskiy litseyi öqituvçisi Katerina Borsinskaya va uning turmuş örtoği Valentin.

Odessa oblasti prokuraturasi ma’lum qilişiça, Rossiya dronlari hujumi oqibatida xususiy uydagi xöjalik binolari, ma’muriy bino, xususiy korxonaning omborxonalari, işlamayotgan yoqilği quyiş şoxobçasi binosi va avtomobillarga ham zarar yetgan. Prokuratura ma’lumotlariga köra, 17 kişi, jumladan uç, yetti va 14 yoşli bolalar jabrlangan.

Rossiya

Ukraina mudofaa vazirligi boş razvedka boşqarmasi dronlar Bryanskdagi arsenalga hujum qilganini ma’lum qildi

Ukraina dronlari 28 iyun kuni ertalab Bryanskdagi harbiy obektlarga zarba berdi, deb yozadi «Ukrainskaya pravda» mamlakat mudofaa vazirligi boş razvedka boşqarmasidagi manbalariga tayanib.

Boşqarma ma’lumotlariga köra, dronlar Rossiya mudofaa vazirligi Boş raketa-artilleriya boşqarmasining 120-arsenal obektlariga zarba bergan. Zarar kölami aniqlaştirilmoqda.

Bryanskdagi naşrlarda şahardagi portlaşlar haqida xabarlar paydo böldi. Bryansk oblasti rahbari Aleksandr Bogomaz 28 iyun kuni öz telegram-kanalida region hududida «topilgan va yöq qilingan» dronlar haqida uçta xabar e’lon qilgan. Bogomazning postlaridan ma’lum bölişiça, Bryansk oblasti ustida jami 11 ta dron urib tuşirilgan. Qqurbonlar va vayronagarçiliklar yöqligi aytilgan.

Qrimdagi Rossiya harbiy aerodromi hududida yonğinlar qayd etildi. UXX dronlar hujumi muvaffaqiyatli bölganini ma’lum qilgan

Ukraina Xavfsizlik xizmati 28 iyunga ötar keçasi Qrimdagi Kirovskiy harbiy aerodromiga zarba berdi. UXX xabarida ta’kidlanişiça, uçta vertolyot – Mi-8, Mi-26 va Mi-28 hamda «Pansir-S1» zenit raketa-töp kompleksini yöq qilişga muvaffaq bölingan.