2025 yil 1 iyul kunidan «Toşavtobustrans» MÇJ tomonidan «Maşinasozlar metrosi» (Toşkent) — Çorvoq (Humson qörğoni) avtobus yönalişida xizmat körsatiş yölga qöyiladi. Bu haqda «Toşşahartransxizmat» xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu yölovçilarga körsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oşiriş va aholining transportga bölgan talabini inobatga olgan holda amalga oşirilmoqda.
Yönalişga MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Uşbu avtobuslar 47 ta örindiqli, şinam va konditsionerlar bilan jihozlangan. Yönalişda yölkira narxi 25 ming sömni taşkil etadi. Birinçi qatnov «Maşinasozlar metrosi» bekatidan har kuni soat 06:00 da boşlanadi.

Ta’kidlanişiça, qatnovlar har 1,5 soatda amalga oşiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani taşkil etadi. Sönggi qatnov soat 20:30 da Çorvoq tomondan amalga oşiriladi va soat 22:00 da «Maşinasozlar metrosi»da tugatiladi.
Yönalişdagi avtobuslar öz harakatini Maşinasozlar metrosidan boşlab, Maxtumquli köçasi, Yangi Özbekiston boği, Hojikent mavzesi, Çinorkent maskani orqali Humson qörğonigaça harakatlanadi.
«Yönalişda naqd pulda va bank kartalari orqali tölov amalga oşiriş imkoniyati mavjud», — deyiladi xabarda.









