Assalomu alaykum. Bugun 29 iyun, yakşanba. Yozning eng issiq oyi boşlanmoqda. Barçamizga bu oyni blekautlarsiz, kommunal uzilişlarsiz ötkazib olişni tilayman. Ortda qolayotgan haftada Eron va Isroil örtasidagi uruş tugadi. Eron oliy rahbari bunkerdan çiqib, xalqini «AQŞ va Isroil ustidan ğalaba bilan» tabrikladi.

Keyinroq Eron Amerika bilan muzokara ötkazişga, Vaşington esa Eron fuqaroviy yadro dasturiga 30 milliard dollar investitsiya kiritişni öylayotgani haqida xabarlar çiqdi.

Zör a? Siz «Ana, uruş boşlandi, endi falon davlat falon davlatni qirib taşlaydi», deysiz, ertalab uyğonib Telegram-kanallardagi köpi yolğon xabarlarni öqib, kun böyi uruş ta’sirida yurasiz. Bir davlat «qasos bayroğini» kötarib, boşqa davlatga «Endi seni okeaningga kömaman», deydi. Boşqa davlat qiruvçi samolyotlarini duşmani osmonida xuddi varrak uçirgandek uçirib, tonnalab bomba taşlaydi. Bir qaraşda hammasi tuşunarli: duşmanlik avjida, sizning yuragingiz yanada hapqirib uradi. Lekin...

Ajoyib kunlarning birida xuddi şu duşmanlar bir-biri bilan muloqot qilişga, hatto «yadro dasturiga investitsiya kiritişga tayyorligi» ma’lum böladi. Xuddi bu siyosatçilar boşqa dunyoda, biz esa boşqa – parallel dunyoda yaşayotgandekmiz. Bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasangiz, dunyoda hafta davomida nimalar bölganini birgalikda yodga olamiz.

Uruş tugadi

Demak, haftaning eng muhim voqeasi Eron – Isroil uruşi tugagani böldi. Qisqaça 12 kun davom etgan uruşda nimalar bölganini eslasak. Demak, uruşni Isroil boşladi. Tel-Aviv Eron yadro quroli yasaşga yaqinlaşdi, degan absurd iddao bilan Eron şaharlarini bombaladi. Hujumning birinçi tölqinida Isroil Eron yadro dasturining muhim odamlari ekani aytiladigan olimlarni öldirdi. Ularning kvartirasi içigaça aniq zarba berdi. Darvoqe, Isroil samolyotlari Eronga zarba berişidan avval Mossad agentlari Eron havo hujumidan mudofaa tizimiga mamlakat içidan turib zarba bergani uçun Eron Isroil samolyotlariga qarşilik qilolmagan.

Keyin Eron Isroil şaharlarini bombalaşni boşladi. «Temir gumbaz» birin-ketin raketalarni ötkazib yubordi, çunki Eron juda köp raketa uçirdi. Şu tariqa ikki davlat 12 kun bir-biriga raketa otdi va... eng oxirida uruşga Amerika degan davlat qöşildi. «B-2» bombardimonçi samolyotlari Amerikadan uçib borib Erondagi uçta yadro obekti, xususan, toğ ostidagi Fordo zavodiga zarba yölladi. Bahaybat «B-2» va boşqa qiruvçi samolyotlar Eron osmonidan uçib ötişida heç qanday qarşilikka uçramagan.

Amerika hujumiga javoban Eron Qatardagi amerikaliklar bazasiga raketa uçirdi. Arab davlati barça raketalar tutib qolinganini xabar qildi. Şu bilan uruş tugadi. Amerika har ikki tomonni bas qilişga çaqirdi. Isroil samolyotlari Trampning postidan keyin navbatdagi zarba uçun uçib ketayotgan joyidan ortga qaytarildi.