Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Ğazoda ham sulh böladimi?

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Erondagi harbiy operatsiyalaridan söng «köplab imkoniyatlar oçilganini», jumladan, Ğazoda asirlikda qolayotgan garovdagilarni uyga qaytariş imkoniyati ham yuzaga kelganini aytdi.

«Ehtimol, bilasiz, bu ğalabadan söng hozir köplab imkoniyatlar oçildi. Avvalo, garovdagilarni qutqariş. Albatta, biz Ğazo muammosini ham hal qilişimiz, HAMASni yengişimiz kerak, ammo men har ikkala vazifani bajarişga işonaman», — deya Netanyahuning sözlarini keltirmoqda CNN.

Netanyahuning bu izohi garovdagilarni ozod qilişni HAMASni tor-mor etişdan ustun qöyganini oçiq aytgan ilk holatlardan biridir. Bir neça oylar davomida Netanyahu Ğazodagi HAMASni mağlub etişni asosiy maqsad sifatida körsatib kelgan va «töliq ğalaba» haqida gapirgan edi.

Netanyahuning bayonotlari AQŞ prezidenti Donald Trampning Isroildan sulhga erişişni talab qilayotgan bir paytda yangradi. Eron bilan uruş yakunlangaç, vositaçilar HAMAS bilan Ğazoda muzokaralarni tiklaşga urinmoqda.

Xususan, yakşanba oqşomida Netanyahu Ğazo böyiça yuqori darajadagi uçraşuv ötkazdi, deya xabar berdi ikki isroillik manba. Unda u strategik işlar vaziri Ron Dermer, mudofaa vaziri Israel Kats va boşqa eng yaqin maslahatçilari bilan Isroilning Falastin anklaviga nisbatan harbiy operatsiyasi böyiça sönggi vaziyatni muhokama qildi.

Duşanba kuni Dermer Vaşingtonda Tramp ma’muriyati vakillari bilan uçraşuvlar ötkazişi kutilmoqda. Tramp Ğazodagi uruşni tugatiş va HAMAS qölida asirlikda qolayotgan, kamida 20 nafari tirik bölgan 50 garovdagi şaxsni uyga qaytariş maqsadida sulh bitimiga erişişni istayotganini oçiq bildirgan.

Yakşanba kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda «ĞAZODA KELIŞUVGA ERIŞING. GAROVDAGILARNI QAYTARING!!!» degan post qoldirdi.

HAMAS doimiy sulh böyiça qat’iy kafolatlar talab qilmoqda. Hozirgaça Isroil bu kabi şartlarga rozi bölmay kelgan, çunki uning maqsadi HAMASni hukumatdan çetlatiş va Ğazoni qurolsizlantiriş edi. Ammo Eron bilan uruş bu boradagi muzokaralar uçun yangi imkoniyat oynasini oçgan bölişi mumkin va vositaçilar aynan şu imkoniyatdan foydalanişga urinmoqda.

Falastin soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, uruş boşlanganidan beri Isroil zarbalari va harbiy operatsiyalari oqibatida 56 000 dan ortiq falastinlik halok bölgan, ularning 17 000 dan ortiği bolalar ekani aytilmoqda.

Bundan taşqari, Isroilning bosib olingan Ğarbiy sohildagi qoçqinlar lagerlariga bir neça oy davomida uyuştirgan hujumlari oqibatida 47 mingdan ortiq falastinlik uyini tark etişga majbur bölgan.

Rossiya Ukrainaga hujumlarni kuçaytirmoqda

Rossiyalik harbiylar yakşanbaga ötar keçasi Ukraina böylab navbatdagi marta raketalar va dronlar iştirokida kombinatsiyalangan hujum uyuştirdi. Ukraina havo kuçlari yakşanbaga ötar keçasi Rossiya qöşinlari turli xildagi 477 ta dron, jumladan, 250 dan ortiq «Shaheed» apparatlari yordamida Ukrainaga hujum qilganini bildirdi.

Bundan taşqari, harbiy-havo kuçlari «Kinjal» rusumli 4 ta aeroballistik raketa, «Iskander-M» majmuasining 7 ta ballistik raketasi, X-101 rusumli 41 raketa, «Kalibr» rusumli 5 ta raketa (ular Qora dengiz hududidan uçirilgan), şuningdek, S-300 tizimining uçta ballistik raketasi bilan zarba berilganini ma’lum qilgan.

Rossiya mudofaa vazirligi yirik zarba haqida qisqa xabar e’lon qildi, biroq unda Rossiya raketalari va dronlari aynan qaysi nişonlarga zarba berişga uringani haqida batafsil ma’lumot yöq.

Xujumda dastlab dronlar, keyin Qora dengiz hududidan uçirilgan «Kalibr» qanotli raketa guruhlari, söngra Tu-95MS bombardimonçi samolyotlaridan X-101 qanotli raketalari bir neça tölqin bölib Ukrainaga uçib kirdi. Şuningdek, Rossiyaning MiG-31K samolyotlari «Kinjal» aeroballistik raketalarini uçirgan. Raketa hujumi deyarli ertalab soat 5 gaça davom etgan.

29 iyunga ötar keçasi Rossiyaning yopirilma hujumini qaytariş uçun F-16 samolyotlari jalb qilindi, ularning uçuvçilari önlab dronlarni yöq qilgan. Şuningdek, ulardan biri halok bölgan.

«Afsuski, hozir bizda yana bir oğriqli yöqotiş bor. Bugun tunda duşmanning yopirilma havo hujumini qaytarişda F-16 samolyotida 1-darajali uçuvçi, 32 yoşli podpolkovnik Maksim Ustimenko halok böldi», – deyiladi Ukraina qurolli kuçlari xabarida.

Ma’lum qilinişiça, uçuvçi bort qurollarining butun majmuasini qöllab, yettita havo nişonini urib tuşirgan. Oxirgisiga qarşi işlaş paytida uning samolyoti şikastlangan va balandlikni yöqota boşlagan. Maksim katapulta qilişga ulgurmagan va halok bölgan.

Sönggi haftalarda Rossiya Ukrainaga hujumlarini kuçaytirdi. Juma kunidan şanbaga ötar keçasi Odessa dronlar hujumiga uçragandi, 27 iyun kuni Dnipropetrovsk oblastidagi şaharlar ballistik raketa hujumiga uçradi.

Eron bir neça oy içida boyitilgan uran işlab çiqarişga qaytişi mumkin

Eron boyitilgan uran işlab çiqarişni qayta tiklaş imkoniyatini saqlab qolgan va «bir neça oy içida» bunga qaytişi mumkin. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi CBS’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Ularda imkoniyatlar bor», — deydi Grossi. «Aytiş mumkinki, ular bir neça oy içida yoki undan ham oldinroq yana bir neça sentrifuga kaskadlarini işga tuşirib, boyitilgan uran işlab çiqarişni boşlay oladi. Ammo oldin aytganimdek, barçasi yöq qilingani va heç narsa qolmaganini tasdiqlab bölmaydi», — deya qöşimça qiladi MAGATE rahbari.

Grossining sözlariga köra, Eronda «hanuz sanoat va texnologik salohiyat mavjud» va «agar ular xohlasa, hammasini yana işga tuşira oladi». Avvaliga Isroil, söng AQŞ bombardimonçilari tomonidan Eron yadro obektlariga zarbalar berilganidan keyin Donald Tramp ular «butunlay yakson qilingani»ni aytgandi. OAVlar esa razvedkadagi manbalariga tayanib, Amerika zarbalari Eron işlanmalarini bir neça oy ortga surganini ta’kidlagan.

Ozarboyjonda Rossiya bilan boğliq barça madaniy tadbirlar bekor qilindi

Ozarboyjonda Rossiya davlat va xususiy muassasalari tomonidan taşkil etilgan barça madaniy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda mamlakat madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Bekor qilingan tadbirlar orasida konsertlar, festivallar, spektakl va körgazmalar bor. Fuqarolarga çiptaga sarflangan pullarini qaytarib oliş uçun savdo punktlari va onlayn platformalarga murojaat qiliş tavsiya etilgan.

Ozarboyjon madaniyat vazirligi uşbu qarorni Rossiya huquq-tartibot organlarining Yekaterinburgdagi harakatlariga javoban qabul qildi. U yerda ozarboyjonliklarning yaşaş va iş joylarida keng kölamli reydlar ötkazilib, Ozarboyjonning 50 dan ortiq fuqarosi qölga olingandi. Reyd davomida ikki kişi – aka-uka Ziyoddin va Husayn Safarov halok bölgan.

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bergan Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi Rossiya xavfsizlik kuçlarining harakatlarini «qabul qilib bölmas zöravonlik» deb atadi. Şuningdek, Rossiyadan tergov ötkazişni talab qildi.

Rasmiy versiyaga köra, reyd avvalgi yillarda sodir etilgan bir qator oğir jinoyatlar tergovi doirasida ötkazilgan. Uni Rossiya Tergov qömitasining Sverdlovsk viloyati böyiça bölimi olib borgan. IIV «tergov manfaati uçun» reyd töğrisidagi tafsilotlarni oşkor etmadi.

Turkiyada örmon yonğinlari sabab önlab aholi punktlari evakuatsiya qilindi

Turkiya şimoli-ğarbida bir neça kundan beri keng kölamli örmon yonğinlari davom etmoqda. Hozirga qadar yuzlab odam evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi Kazinform. Mamlakat qişloq va örmon xöjaligi vaziri Ibrohim Yumaklining sözlariga köra, 153 ta yonğin öçoği qayd etilgan, ularning 83 tasi keça aniqlangan. Ayni vaqtda 8 ta faol yonğin öçoğini öçiriş işlari davom etmoqda, ularning törttasi qisman öçirilgan.

Keng kölamli yonğinlarning kelib çiqiş sababini aniqlaş böyiça tergov boşlangan, dastlabki tergov harakatlari davomida 17 kişi qölga olingan.

Tramp TikTok uçun xaridorlar topganini aytdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp TikTok uçun «juda boy insonlar guruhi»dan iborat xaridorlar topgani va sotuv amalga oşirilişi uçun XXR raisi Si Jinpingning roziligi talab etilişini ma’lum qildi.

«Aytgança, bizda TikTok uçun xaridor bor. Öylaşimça, menga Xitoyning roziligi kerak va rais Si aftidan, buni amalga oşiradi», — deydi Tramp Fox News boşlovçisiga.

Tramp boşqa heç qanday tafsilotlarni oşkor etmadi. Şuningdek, u xaridorlar ismini ham aytmay, bu haqda «taxminan ikki haftadan keyin» ma’lumot berişini bildirgan.

2024 yil bahorda AQŞ vakillar palatasi TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasidan ajratilmasa, mamlakatda uşbu ijtimoiy tarmoqni taqiqlaş imkonini beradigan qonunni ma’qullagan edi. Kongressmenlarning hisoblaşiça, TikTok milliy xavfsizlikka tahdid uyğotadi, çunki Xitoy hukumati ByteDanceʼdan ilovaning amerikalik foydalanuvçilariga oid ma’lumotlarni berişga majburlaşi mumkin.

Tramp bu qonun kuçga kirişini uzaytirib kelmoqda. Trampning sözlariga köra, uning ma’muriyati «TikTokʼni qutqariş böyiça bitim ustida tinmay işlayapti».