Prezident Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari butun Özbekiston yoşlarini Yoşlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

«Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan ösib, barça sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, heç şubhasiz, siz yoşlarning ham munosib hissangiz bor.

Bilagida kuç-ğayrat, har bir harakatida azmu şijoat jöş urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni körib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.

Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega işonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Çunki, hamkorlarimiz yoşlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini körib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga işonç hosil qilmoqda», - dedi prezident.

Davlat rahbari islohotlar boşlangan ilk kunlardanoq «ilm – tarbiya – innovatsiya» zanjirini yaratişga kirişilgani, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Masalan, ötgan yili mamlakat yoşlari top-500 talik oliygohlarga kiriş böyiça Markaziy Osiyoda 1-örinni egalladi. 

Bilimli yoşlar ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

Bugungi kunda 30 nafar yoşlar dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.