AQŞ prezidenti Donald Tramp yana bir bor Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga qöyilgan korrupsiya ayblovlarini olib taşlaşga çaqirdi.
Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi postida Tramp 2019 yildan beri Netanyahuga qarşi davom etayotgan korrupsiya böyiça sud jarayonlari haqida bayonot berdi.
Isroilning «uruş qahramoni» deb atagan Netanyahuga qilayotgan işlari «dahşatli» ekanini da’vo qilar ekan, Tramp u Eron yadroviy tahdidini «muvaffaqiyatli» bartaraf etişda «AQŞ bilan yaxşi işlagani»ni va «ikki davlatni ğalabaga yetaklaganini» ta’kidladi.
«Qanday qilib Isroil boş vazirini heç qanday sababsiz kun böyi sud zalida ötirişga majbur qila olasiz? Bu xuddi menga qarşi ovga öxşaş siyosiy jodugarlar ovi», — dedi u.
Netanyahu HAMAS bilan mahbuslar böyiça muzokara olib borayotganini eslatgan Tramp, buning Eron va HAMAS bilan muzokaralarga tösqinlik qilişini bildirgandi.
Tramp: «Nazoratdan çiqib ketgan prokurorlarning Binyamin Netanyahuga qilgani aqldan ozişdir», deb yozdi.
Uning aytişiça, Qöşma Ştatlar «Isroilni himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş uçun yiliga milliardlab dollar sarflaydi». Prezident sud da’volarini töxtatişga çaqirdi.









