Yaqin Şarqda 12 kun davom etgan uruş tugadi. Isroil va Eron odatdagidan köproq uruşdi, mintaqada kayfiyat özgardi. Eron arab davlati hududiga raketa uçirdi, endi arablarning forslar bilan munosabati yanada murakkablaşadi. Biroq uruş Yaqin Şarqning «oyoğini osmondan qildi» deb ham aytolmaymiz. Uruş tugagaç, köpçilikda savol paydo böldi: endi mintaqa tinçiydimi? Quyida bu boradagi şaxiy fikrimni bildirmoqçiman

Isroil nima qiladi?

Eronga qarşi uruş boşlanişining eng katta orzumandi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu edi. Çunki HAMASga qarşi uruşning oxiri körinib qolgan, asirlar qaytarilmayotgandi. Bu uruş uzoq davom etgan sayin Netanyahuning kursisi qimirlayverdi. Bunday vaqtda faqat yangi uruş Bibini hukumatda qoldirişi mumkin edi. AQŞ sobiq prezidenti Bill Klinton ham xuddi şunday dedi. Uning fikriça, Netanyahu Eronga qarşi uruş boşlaş orqali hukumatda uzoqroq vaqt qolişni maqsad qilgan.

Endi Eron bilan uruş tugadi. Netanyahu bu – mamlakat tarixidagi eng zör uruş bölgani, asosiy duşman Eron kuçsizlantirilgani haqida kunda-kun ora maqtanib turibdi. Lekin Netanyahuning bu gaplarini isroilliklar kutilganidek entuziazm bilan kutib olişmayapti. Isroilda ğalaba kayfiyatidan asar ham yöq, çunki uruş absurd iddao bilan boşlandi.

Endi Netanyahu yana bir-ikki vaqt Eronga qarşi uruş bilan maqtanib yuradi, lekin bir kun kelib isroilliklarning toqati toq böladi. Uruş şunçaki hukumatda uzoqroq qoliş uçun ajoyib vosita ekanini tuşunib yetişadi. Ana öşanda Netanyahu uçun qiyin kunlar keladi. Menimça, u navbatdagi marta HAMASga qarşi operatsiya ötkazişga harakat qiladi. Bir neça asir Ğazoda qolayotgani uning uçun ayni muddao böladi.

Yoki bölmasa, Yamandagi husiyçilarga qarşi birorta romantik nom topib operatsiya boşlaşi mumkin. Lekin aniği şuki, endi Netanyahu Eron bilan uruş boşlolmaydi. Çunki bu uruşga Amerika qalin qilib nuqta qöydi, ham harbiy, ham siyosiy planda. Vaşington nuqta qöyganidan keyin «gapni davom ettiriş»ga kimning haddi siğardi.

Eron nima qiladi?

Eronda vaziyat osonroq, çunki bu davlatda boşqaruv, jamiyat boşqaça. Endi rahbar Ali Xominaiy ança vaqt eronliklarni «Isroil va AQŞ yançib taşlangani» haqida ma’ruzalar atrofida birlaştirişi mumkin. Bu borada Eron hukumati yaxşigina adrenalin töplab oldi. Eronliklardagi kötarinki bayram kayfiyati amaldagi hukumat mavqeyini faqat mustahkamlaydi.

Eronliklar Xominaiy yoki Pizişkiyondan «Janoblar, Isroil samolyotlari osmonimizda kortej bölib uçdi, bu nima gap axir?» deb hisob söramaydi. Söraganlara «köp gapirmay ğalabadan masrur böliş» tuşuntiriladi.