Ğarbiy Yevropada 28—29 iyun, dam oliş kunlari issiq jazirama kuzatildi, köplab şaharlarda kunduzi havo harorati +35°C dan oşdi.

Ispaniyaning Portugaliya bilan çegaradoş El-Granado şahrida +46°C qayd etildi. Bu Ispaniyada iyun oyida qayd etilgan eng yuqori haroratdir.

30 iyun kuni Londonda harorat +35°C ga yetişi kutilmoqda, bu yil boşidan beri eng yuqori körsatkiçdir. Şu kuni Buyuk Britaniya poytaxtida tennis böyiça Uimbldon turniri oçiladi. Uimbldonning birinçi kuni eng issiq kun böyiça yangi rekord kutilmoqda.

Germaniyada +30°C va undan yuqori harorat qayd etilgan. 2025 yilning fevral-may oylari natijalariga köra, Germaniya meteorologiya xizmati mamlakat butun tarixidagi, ya’ni 1881 yildan beri eng katta qurğoqçilikni boşidan keçirganini e’lon qildi. Öşanda Reyn sathi 100 yillik eng past darajaga tuşib ketdi.

Iyun oyining boşida Germaniya böylab yomğir yoğdi. Ammo endi issiqlik qurğoqçilikni qaytarişi mumkin. «Sönggi bir neça kun içida deyarli yomğir yoğmadi. Quruq va juda issiq bölişda davom etadi. Demak, qurğoqçilik kuçayişda davom etadi. Bu juda issiq va quruq yoz bölişi mumkin», — dedi meteorolog Dominik Yung Bild gazetasiga. Bild naşrining yozişiça, Germaniyaning ayrim hududlarida allaqaçon kunduzi suğoriş taqiqlangan.

Ğarbiy Yevropada, jumladan, Germaniyada jazirama tölqin kamida 2 iyulgaça davom etadi, şundan söng u şarqqa tomon siljişi kutilmoqda. Prognozga köra, Germaniyada 3 iyuldan keyin yomğir yoğadi.

29 iyun kuni Fransiya janubidagi tarixiy Langedok hududida örmon yonğinlari sodir böldi. Sobiq Fonfruad abbatligi evakuatsiya qilindi. Yonğinlar Tuluza va Narbonna örtasidagi avtomagistralni har ikki yönalişda yopib qöydi.

Fransiya hukumati 29 iyun oqşomida jazirama tufayli favqulodda yiğiliş ötkazdi. Ayrim hududlarda maktablar yopilyapti. Parijda harorat yaqin kunlarda +35°C dan oşişi kutilmoqda.