Şimoliy Koreyaning yangi harbiy kemasi Kim Çen Inning köz öngida ağdarildi
21 may kuni Şimoliy Koreyada mamlakat rahbariyatining hafsalasini pir qiladigan avariya yuz berdi – yangi harbiy kema suvga tuşayotganda ağdarilib, qisman çökib ketdi. «Men bunday muvaffaqiyatsizlikni körmaganman», – deb tan oldi AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining iste’fodagi polkovnigi, Vaşingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining katta maslahatçisi Mark Kansian The Wall Street Journal naşriga.
Suv siğimi beş ming tonna bölgan ikkinçi «Çxve Xyon» esminetsi KXDR şimoli-şarqidagi Çxonjin şahridagi kemasozlik zavodida suvga tuşirildi. Marosimga şaxsan Kim Çen In taşrif buyurgandi. Lekin kemani suvga tuşiriş rejadagidek keçmadi. Kemaning quyruğini uşlab turgan aravaça muddatidan oldin suvga tuşib ketgan. Natijada kemaning bir borti suv ostida, burni esa stapelda qolgan.
«Örtoq Kim Çen In avariya paytidagi barça jarayonlarni kuzatdi va jiddiy baho berdi: bu aql bovar qilmaydigan, yöl qöyib bölmaydigan, jiddiy, oğir hodisa va ehtiyotsizlik, mas’uliyatsizlik va ğayriilmiy empirizm natijasida yuzaga kelgan jinoyatdir», – deyiladi Şimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor yoki yöqligi haqida xabar berilmagan.

Planet Labs / Reuters / Scanpix / LETA
Tört kişi hibsga olingan. Çxonjin aholisi qatağondan xavotirda
Köp ötmay tört kişi hibsga olindi – ular orasida Çxonjin zavodining boş muhandisi va mudofaa sanoati uçun mas’ul bölgan partiya xodimi bor edi. Şimoliy koreyalik huquq himoyaçilari va qoçqinlar fikriça, agar ularga ayblov qöyilsa, ular odil sudga, jumladan, advokatning iştiroki va apellyatsiya beriş huquqiga umid qila olmaydi.
Baxtsiz hodisadan keyin şaharda ğamgin muhit hukm surmoqda. «Odamlar hukumat muvaffaqiyatsizlikni oçiqçasiga tan olganidan hayratda», – dedi Çxonjin joylaşgan Hamgyon-Pukto viloyatining ismi oşkor etilmagan fuqarosi Radio Free Asia’ga. Mahalliy aholining yana bir vakili kemasozlik zavodidagi ommaviy «tozalaşlar»dan xavotirda ekanini aytdi: «Kim muvaffaqiyatsizliklarni şaxsiy muvaffaqiyatsizlik deb biladi, ayniqsa, ular öz imijiga putur yetkazsa».
KXDR yetakçisi harbiy-dengiz kuçlarini yangilaşga katta e’tibor qaratmoqda. Hozir unda asosan sovet kemalari bor












