Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida halok bölgan KXDR askarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 1 iyul, seşanba kuni Şimoliy Koreya davlat televideniyesi Kimning Pxenyandagi tantanali marosimda askarlardan birining tobutiga Şimoliy Koreya bayroğini yopib qöygani aks etgan kadrlarni namoyiş etdi. Şimoliy Koreya rahbariga Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova hamrohlik qildi.

Xabarda aytilişiça, 29 iyun, yakşanba kuni bölib ötgan marosim Şimoliy Koreya va Rossiya örtasida harbiy kelişuv imzolanganining yilligi munosabati bilan taşkillaştirilgan. Ikki davlat örtasidagi «Har tomonlama strategik şeriklik» töğrisidagi şartnomada mudofaa sohasida özaro yordam körsatiş bandi ham mavjud.

Şimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruşida Moskvaning eng muhim tarafdorlaridan biridir. Aprel oyida Pxenyan öz askarlari jönatilgani va Rossiyaga qurol yetkazib berilganini tasdiqlagan edi. Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş Kursk viloyatida KXDR bölinmalari Ukraina qöşinlarini Rossiya hududidan siqib çiqariş uçun Rossiya tomonida jang qildi. Janubiy Koreya ma’lumotlariga köra, bu janglarda Şimoliy Koreyaning 600 ga yaqin askari halok bölgan, minglab askarlar yaralangan.

Seşanba kuni Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Şimoliy Koreya qöşinlarining keyingi safarbarligi haqida «heç qanday alomat» yöqligini ma’lum qildi.