«Mançester Siti» va «Al-Hilol» klublar örtasidagi jahon çempionati 1/8 finalida quvnoq spektakl qöyib berişdi. Bu jamoalarning Orlandoda keçgan öyini – pley-offning (balki butun turnirning) epik voqeasiga aylandi. Jamoalar öyinni ekstra-taymlarga ötkazişdi, u yerda esa kutilmaganda saudiyaliklarning qöli baland keldi.
Holbuki birinçi bölimga qarab umuman teng kuraş haqida aytib bölmasdi. «Mançester Siti» butun 45 daqiqa davomida «Al-Hilol» himoyaçilarining közini oçirmadi. Pep Gvardiola şogirdlari kutilgan gollar körsatkiçi böyiça 2,08 xG natijasiga erişdi, saudiyaliklar esa darvoza sohasiga töğri borgan birorta zarba yöllay olmadi va kamtarona 0,3 xG körsatkiçini qayd etişdi. «Siti» yuzaga keltirgan vaziyatlarni sanaşga ikki qöldagi barmoqlar ham yetarli bölmaydi. 9-daqiqada inglizlar haqli ravişda hisobni oçişdi: Rayan Ayt-Nuri va Teyani Reynders çiroyli kombinatsiya uyuştirişdi, jazoirlik futbolçi raqib jarima maydoniga kirib bordi. Zarba va rikoşetdan keyin töp Bernardu Silvaga kelib tuşdi, u esa töpni osonlik bilan Yassin Bunu qöriqlayotgan darvozaga kiritib yubordi.
Şu bilan birga, «Mançester Siti»ning goli bahslarga sabab böldi. «Al-Hilol» futbolçilari boş hakam Xesus Valensuelaga e’tiroz bildira ketdi. Bunga sabab bor edi: hujum vaqtida töp Ayt-Nurining qöliga tekkandi.
Ammo VAR’dagi yordamçilari bilan maslahatlaşgan hakam Rayan qasddan qöl bilan öynamagan deb topdi. Vaziyatni tekşiriş 3-4 daqiqa vaqt oldi. Töp maydon markaziga olib kelinib, boş hakam öyinni davom ettiriş uçun huştak çaldi, ammo «Al-Hilol» futbolçilari ekranda vaziyat takrorini körib, yana hakam bilan bahsga kirişişdi. Foydasi bölmadi: arbitr butun stadionga qoidabuzarlik bölmagani va gol bekor qilinmasligini e’lon qildi. Uni yuz foiz haq deb bölmaydi va bu qaror hali yana muhokama qilinişi tayin.
Mavzuga oid
Guruh bosqiçida ikki bor yirik hisobda ğalaba qozongan, xususan, «Yuventus» darvozasini beş bor işğol etgan «Siti»ga qarşi yangi boş murabbiy Simone Indzagi boşqaruvida öynay boşlaganiga bir oy ham bölmagan va tarkibda muammolarga uçragan (jamoa töpurari Mitroviç jarohat tufayli turnirda biror öyinda maydonga tuşa olmadi, uçinçi turda esa jamoa sardori va eng yorqin futbolçilaridan biri Salim ad-Dovsari ham safdan çiqdi) «Al-Hilol»ning taqdiri oldindan ma’lumdek edi.
Ammo Bunu bunga qarşi çiqdi. «Al-Hilol» posboni jamoasini bir neça bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Marokaşlik darvozabon 45 daqiqa mobaynida oltita seyv amalga oşirdi. U Savinio, Erling Holand, Bernardu Silva va Yoşko Gvardiolning xavfli zarbalarini qaytardi.
Ikkinçi bölimda esa barçasi özgarib ketdi. Jamoalar iştirokida aql bovar qilmas 10 daqiqalik bölib ötdi. «Al-Hilol» futbolçilari maydonga katta iştiyoq bilan çiqib kelişdi va 46-daqiqadayoq hisob tenglaşdi: saudiyaliklar jamoasi forvardi Markos Leonardo uzoq davom etgan hujumni gol bilan yakunladi. Malkom boşlab bergan bu hujum davomida Joau Kanselu, Nosir ad-Dovsariy va Malkomning özi töpni Ederson darvozasiga yönaltirişga harakat qilişdi. Leonardo esa törtinçi urinişda boş bilan aniq zarba yölladi. Çiroyli emas, ammo katta mehnat bilan urilgan gol.
Olti daqiqa ötib esa Malkom «Al-Hilol»ni hisobda oldinga olib çiqdi. Braziliyalik futbolçi «Siti» ijrosidagi standartdan keyin qarşi hujumda himoyaçilardan qoçib ketdi va Edersonga heç qanday imkon qoldirmadi. Simone Indzagi ğolibona tarzda qöllarini baland kötardi, «Al-Hilol» futbolçilari esa golni xuddi turnirda ğolib çiqqandek nişonlaşdi.
Ammo xursandçilik uzoqqa çözilmadi. Uç daqiqa ötib Erling Holand burçak zarbasidan keyin yaqin masofadan turib Bunu darvozasini işğol etdi. Jamoalar 10 daqiqa içida uç gol urişdi.
Keyin esa öyin sur’ati tuşa boşladi. Yarim soatga yaqin vaqt mobaynida futbolçilar raqib darvozalari qarşisida xavfli vaziyatlar yarata olişmadi. «Mançester Siti» taşabbusga egalik qildi, «Al-Hilol» tartib bilan himoyalandi. 84-daqiqada saudiyaliklar xavotirli epizodni boşdan keçirişdi. Holand yana bir bor burçak zarbasidan keyin juda qulay pozitsiyadan töpni darvozaga yönaltirdi, ammo himoyaçi Ali Ladji töpni çiziq ustida qaytarib qoldi. Hakam Valensuela soatini körsatib, töp çiziqni töliq kesib ötmaganini körsatdi.
Ikkinçi bölimga qöşib berilgan olti daqiqa jamoalardan biri ğalabani ilib ketişi uçun yetarli bölmadi. Şu bilan birga, «Al-Hilol» sönggi daqiqalarda yaxşi vaziyatga ega böldi, ammo Leonardoning zarbasini «Siti» himoyasi tösdi va öyin qöşimça bölimlarga ötdi.
Va 94-daqiqadayoq «Al-Hilol» yana hisobda oldinga çiqib oldi. Kulibali öz uslubida jarima maydoni içida barçadan baland sakrab, boşi bilan «Siti» darvozasini işğol etdi. Öz navbatida inglizlar ham munosib javob qaytarişdi. Gvardiolaning öyinçi almaştirişlari iş berdi: Rayan Şerki olis ustun tomon ideal uzatma berdi va jarima maydoni içiga yugurib kirgan Fil Foden murakkab zarbasi bilan muvozanatni tikladi.
Ekstra-taymlarga kelib «Siti»da töliq ustunlik uçun kuç qolmagandi, «Al-Hilol» esa hal qiluvçi vaziyat uçun energiya topa oldi. 112-daqiqada Sergey Milinkoviç-Saviç qanotdan uzatmani xavfli zarbaga aylantirdi, Ederson seyv amalga oşirdi. Bu uşbu darvozabonning öyin boşidan buyon ilk seyvi böldi, ammo şu hujumning özida u gol ötkazib yubordi. Töp Markos Leonardoga borib tuşdi va u osonlik bilan «Siti» darvozasini yana bir bor işğol etdi – 4:3.
«Al-Hilol» yakunda ğalabali hisobni uşlab qoldi. Gvardiola faoliyatida ilk bor klublar örtasidagi jahon çempionatida mağlub böldi. Pep bungaça uşbu turnirda ikkitadan ortiq gol ötkazmagandi. Buni megasensatsiya desa böladi.
Muxlislar çorakfinalda «Inter» – «Mançester Siti» qarama-qarşiligini kutişgandi. Buning örniga yarimfinal uçun «Al-Hilol» va «Fluminense» örtasida bahs keçadi. Saudiyaliklar turnir arafasida Simone Indzagini çaqirgani bejiz ketmadi. U qisqa vaqt içida jamoa öyinini kuçaytira oldi (guruhda «Real» bilan durang qayd etilgan, «Paçuka» mağlub etilgandi). «Mançester Siti» esa bir yildan buyon sovrinsiz qolmoqda (2024 yil 10 avgustida Angliya Superkubogini yutgan). Titul uçun keyingi imkon faqat 2026 yil bahorida böladi (agar Liga Kubogi finaliga yetib borilsa).
Braziliyaning klublar mundialiga taşrif buyurgan kvarteti turnirdagi strategiya nuqtayi nazaridan ikkiga bölindi. Agar «Palmeyras» va «Flamengo» öz uslubini özgartirmagan va har bir öyinda ustunlik qilişga uringan bölsa, «Botafogo» va «Fluminense» jamoalari pragmatizm sinonimiga aylanişdi. Uçranglilar faqat autsayder «Ulsan»ga qarşi öyinda hujumdagi imkoniyatlarini töliq işga solişdi (4:2), «Borussiya» va «Mamelodi Sandaunz» bilan öyinlarda esa golsiz duranglar qayd etildi. Janubiy afrikaliklarga qarşi öyinga «Flu» şunçaki yutqazmaslik vazifasi bilan çiqişgandi. Jamoa boş murabbiyi Renatu Gauşu öşa öyinda 40 yoşli sardor Tiagu Silvaga pley-off oldidan dam oliş imkonini bergandi.
«Inter» darvozasiga kiritilgan tezkor gol taassuroti yanada kuçliroq böldi. Ha, qanotdan uyuştirilgan hujum bilan Milan mudofaasidan ötişda omadning ham uluşi bor, Ariasning uzatmasidan keyin töp Bastoni orqali yönalişini özgartirdi. Lekin golli hujumning barça qatnaşçilari öz vazifasini töğri bajardi, gol muallifi, 37 yoşli Kano darvoza qarşisida özini yöqotib qöymadi va töpni Zommerning oyoqlari orasidan ötkazdi.
Hisobni oçgaç, «Fluminense» milanliklar hujum çiziği işini maksimal darajada qiyinlaştiriş uçun çuqur himoyaga yotdi. «Inter» töpga egalik qiliş böyiça katta ustunlikka erişdi (30 foizga qarşi 70), ammo «neradzurrilar» maydonning uçinçi qismida böş zonalar topişga qiynalişdi. Yevropa jamoasi birinçi bölimdagi yagona vaziyatini himoyaçilar ortiga oçilgan Mxitaryanga uzun uzatma beriş orqali yuzaga keltirdi. Genrix zarba bermasdan, jarima maydoniga yetib kelgan şerigi Dimarkoga pas berdi. Raqib futbolçilari «Inter» lateraliga yeta olmagandi, ammo u töpni yetarliça balandlikka kötara olmadi. «Fluminense»ning 44 yoşli Fabio seyv ijro etdi.
«Inter» tanaffusgaça Fabio darvozasi oldida boşqa vaziyat yarata olmadi. «Neradzurrilar»ga jamoaviy tezlik yetişmadi. Buning sabablari aniq körinib turibdi: issiq, oğir va uzoq davom etgan mavsumdagi toliqiş, raqib yaxşi himoyalanişi. Milanliklar raqib darvozasi qarşisida standart vaziyatlarda ham havodagi töplarni yuta olmadi – tajribali Tiago Silva boşçiligidagi «Fluminense» himoyaçi yaxşi harakatlandi. Bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Mxitaryan hissiyotga berilib, ommaviy muştlaşuv keltirib çiqarişiga bir baxya qoldi.
Bu vaziyatda Genrixga brazillar ustozi Renato Gauşo provokatsiya qilgandi, u armanistonlik yarimhimoyaçi autdan taşlamoqçi bölgan töpni tepib yuborgandi.
Mxitaryan 62 yoşli murabbiyning köksidan itardi.
Voqea joyiga ikki jamoa futbolçilari yugurib kelişdi.
Foto: Buda Mendes/Getty Images
Birinçi bölimda «Inter» hisobni tenglaştirişidan köra, «Fluminense» ikkinçi golga yaqinroq edi. Brazillar safida kolumbiyalik Arias individual harakatlari bilan ajralib turdi. U jamoadoşlari bilan devor uslubida öynab, yana bir vaziyat yaratdi va uzoq masofadan xavfli zarba berdi. Zommer töpni qaytarişda muvaffaqiyatsiz harakat qildi – Şavyyer qaytgan töpga zarba berişda «Inter»ni keçirdi. Keyin brazillar öng qanotdan berilgan krossdan keyin darvozani işğol etişdi, ammo ofsayd tufayli gol bekor qilindi.
Tanaffusdan keyin «Inter» bosim qilişda davom etdi, lekin «Fluminense» himoyasidan öta olmadi. Brazillar xuddi har hafta YeÇL finalçisi darajasidagi jamoaga qarşi öynaydigandek harakatlandi. Kivu Karboni, Suçiç, Luis Enrike kabi yoşlarni tuşiriş orqali, energiya berişga urindi. Şunga qaramay, ikkinçi bölimdagi ilk golli vaziyat ham «Flu» tomonidan yaratildi. Autdan töp taşlab berilişi orqali boşlangan hujumda Arias kuçli zarba yölladi. Kolumbiyalik futbolçining zarbasidan keyin töp ustun yonidan darvozaga kirib ketayotgandi, ammo Zommer ajoyib seyv bilan «Inter»ni qutqarib qoldi.
Faqat bölim örtalariga borib Fabioga iş topildi. «Fluminense»ning çarçagan futbolçilari konsentratsiyani yöqota boşladi. «Inter» futbolçilari töp Tiyago Silvaning qöliga tekkanini rökaç qilib, penalti söraşdi, ammo videotakror himoyaçining qöli tabiiy holatda bölganini körsatdi. Keyin şu kunning eng omadsiz futbolçisi de Vrey qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. «Neradzurrilar» standart vaziyatda töpni jarima maydoniga yetkazişdi, Martines havodagi töp uçun kuraşda ustun keldi va uni deyarli böş darvoza qarşisida oçilgan niderlandiyalikka taşlab berdi, Stefan esa darvozabon hududida turib gol ura olmaslikning uddasidan çiqdi. Uning harakatini oqlaydigan bir sabab bor – u himoyaçi.
Sönggi daqiqalar – «Inter» tomonidan maksimal bosim va raqib jarima maydonida brazillar «avtobus» qöyişi bilan keçdi. Jarima maydonidagi tiğiz joylaşuv va «Fluminense» futbolçilarining himoyada mustahkam turişiga qaramay, Lautaroda gol uriş uçun ikkita vaziyat böldi. Bir epizodda milanliklar sardorining zarbasidan keyin Renato Gauşo jamoasini keksa darvozabon, ikkinçisida ustun qutqarib qoldi. Bunday öyinlarda omadsiz ğalaba qozonib bölmaydi va şu kuni Şarlottadagi stadionda omad «Flu» futbolçilariga keng tabassum bilan boqdi. Qöşimça daqiqalarda esa «Inter» qarşi hujumda yana bir gol ötkazib yubordi. Zaxiradan tuşgan Herkules jarima maydoni taşqarisidan emin-erkin zarba berişiga heç kim xalal bermadi. Bu gol «neradzurrilar» uçun ularning turnirdagi iştirokini yakunlab beruvçi hukm edi.