Rossiyadagi boy oilalarda xitoy tilida sözlaşuvçi enagalar uluşi fransuz tilida gapiruvçilarning örnini egallab, ikkinçi öringa çiqdi. Bu haqda Rossiya elitasiga enaga xizmatlarini körsatuvçi kompaniya asosçisi Valentin Gogolga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Uning sözlariga köra, birinçi örinda hanuz ingliz tilida sözlaşuvçi tarbiyaçilar turadi, biroq xitoy tilini biluvçilarga talab juda tez ösmoqda — kompaniya bu ehtiyojni qondirişga ulgurmayapti. Gogolning sözlariga köra, bunday enagalarning oyligi 5000 dollarga yetadi, biroq «yollaş jarayoni ança murakkab keçmoqda».

Rossiya prezidenti ham yaqinda uşbu trendni tasdiqlagan edi. Putin ilk bor nabirasi borligini tilga olib, u pekinlik tarbiyaçisi bilan xitoyça muloqot qilişini qayd etdi: «Men yaqinlarim, qarindoşlarimdan ba’zilari xitoy tilini örganayotgani haqida gapirganimda, nabiramni nazarda tutgan edim — uning tarbiyaçisi pekinlik bölib, u bilan xitoy tilida bemalol suhbatlaşa oladi».

Putinning ta’kidlaşiça, xitoy tiliga bölgan qiziqiş oşib borayotganida heç qanday hayratlanarli narsa yöq. Rossiya prezidentiga köra, bu iqtisodiy faollik oşişi bilan boğliq. Qaçonlardir ingliz, nemis va fransuz tilini biladigan mutaxassislarga ham ehtiyoj şunday paydo bölgan.

Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri Rossiya köproq Xitoy bilan hamkorlik qilişga majbur bölmoqda. 2024 yilda Xitoy bilan tovar ayirboşlaş hajmi 240 milliard dollarga yetgan. Uruşgaça Rossiyaning sanoat uskunalari böyiça asosiy yetkazib beruvçisi bölgan Germaniya bilan tovar ayirboşlaş hajmi bölsa 1990 yillar boşidagi darajagaça tuşib ketgan. Nemis mahsulotlarining Rossiyaga eksporti deyarli 72 foizga kamaygan, Germaniyaning Rossiyadan importi esa qariyb 95 foizga qisqargan.