2023–2024 yillar va 2025 yilning 5 oyi davomida huquqni muhofaza qiliş organlari bilan birgalikda 3,5 mingdan ortiq reyd tadbirlari amalga oşirildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, sohaga oid qonunçilik talablarini buzgan 110 ming nafardan ortiq şaxs aniqlanib, ularga 115 mlrd söm ma’muriy jarimalar belgilangan va tabiatga yetkazilgan 32 mlrd söm zararlar böyiça da’vo qözğatilgan. Şundan 66 mlrd söm mablağ undirib olingan.
Şuningdek, sönggi uç yilda 982 mlrd sömlik 429 ta jinoiy iş hujjatlari (şundan 2023 yilda 171 ta, 2024 yilda 172 ta va 2025 yilning birinçi çoragida 86 ta) prokuratura organlariga qonuniy çora köriş maqsadida taqdim etilgan bölib, şundan 275 ta holatda huquqbuzarlarga jinoiy işi qözğatilgan.
Şu bilan birga, kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan 4669 ta majburiy ekologik körsatmalar berilib, tabiatga yetkazilgan 322,3 mlrd söm zarar va atrof-muhitni ifloslantirilgani uçun 60,3 mlrd söm qöşimça kompensatsiya summalari hisoblangan. 245 ta korxona faoliyati kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinçalik töxtatilgan.
Ta’kidlanişiça, Boş prokuratura tuzilmasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va örmon xöjaligi sohasidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi taşkil etilgan bölib, bugungi kunda uşbu boşqarma bilan hamkorlikda ekologik jinoiy huquqbuzarliklarga qarşi amaliy işlar olib borilmoqda.









