“Toşkent arxitektura-quriliş universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025-2026 öquv yilidan boşlab universitetda öqitişning dual ta’lim şakli joriy etiladi. Bu esa nazariy bilimlar va amaliy könikmalar uyğunligida mutaxassislar tayyorlaşga xizmat qiladi.
Dual ta’lim dasturi kredit-modul tizimi asosida quyidagiça taşkil etiladi:
- 1-kurs talabalari uçun – ta’lim dasturlarining 60 foizi auditoriyalarda, 40 foizi esa quriliş sanoati korxonalarida ötkaziladi;
- 2-, 3- va 4-kurs talabalari uçun – 40 foiz auditoriyalarda, 60 foiz esa işlab çiqariş amaliyotida amalga oşiriladi.
Qarorda universitet faoliyatining asosiy samaradorlik körsatkiçlari belgilandi.









