Irlandiyaning Kneecap rep guruhi va Britaniyaning Bob Vylan pank-rep guruhining Buyuk Britaniyadagi maşhur «Glastonberi» festivalidagi çiqişi ortidan jinoiy iş qözğatildi. Ular, jumladan, Isroilga qarşi şiorlar aytgan.

Eyvon va Somerset politsiyasi bergan bayonotda ikki guruhning festivaldagi konsertlariga oid video va audio yozuvlar tahlil qilingani va qöşimça dalillarga ehtiyoj borligidan kelib çiqib, tergov boşlangani bildirildi.

Bayonotda politsiya hozirda işni «jamoat tartibi masalasi» sifatida baholayotgani va barça huquqiy jihatlar, jumladan, nafrat asosidagi jinoyat qonunçiligi tekşirilişi ta’kidlangan.

Foto: OLI SCARFF/AFP via Getty Images

Politsiya vakili: «Tergovni katta tergovçi boşqaradi. Jarayon töliq dalillarga asoslangan böladi va biz jamoatçilikning kuçli reaksiyasidan xabardormiz. Jamiyatda nafratning har qanday körinişiga örin yöq», deya ma’lum qildi.

Angliyada dunyoga maşhur «Glastonberi» festivalida iştirok etgan Britaniyaning Bob Vylan pank-rep guruhi öz çiqişi çoğida «Falastinga ozodlik» (Free Palestine) va «Isroil armiyasiga ölim» (Death to the Israeli army) kabi şiorlarni aytdi, muxlislar bu çaqiriqlarga hamrohlik qildi.