Qurol yetkazib berişning töxtatilişi nafaqat Ukrainaga, balki boşqa mamlakatlarga ham ta’sir qildi, deb yozdi CBS News Oq uydagi manbaga tayanib.
CBS News manbasiga köra, bu qaror Pentagon tomonidan Qöşma Ştatlardan qurol olayotgan barça mamlakatlarga nisbatan ötkazilayotgan keng kölamli tekşiruvning bir qismi hisoblanadi. Bu jarayon AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset tomonidan bir neça hafta oldin, Donald Tramp topşiriğiga köra boşlangan edi. Uşbu auditdan maqsad – Pentagon oldingi ma’muriyat davrida «Amerika manfaatlariga muvofiq ustuvorlikni ta’minlaganini» aniqlaşdik, dedi rasmiy.
CBS News manbasining ta’kidlaşiça, ba’zi boşqa davlatlar ham «qayta tasniflangan», ya’ni Amerika qurollari va öq-dorilarini ustuvor oluvçilar röyxatidan çiqarilgan, ammo qaysilari ekaniga aniqlik kiritilmadi.
Öq-dorilar yetkazib beriş töxtatilgani fonida, Ukraina Qöşma Ştatlardan Yevropaga öz armiyasi uçun Amerika qurollarini sotib olişiga ruxsat berişni söramoqçi, deb yozdi Politico.
Naşrning yozişiça, Yevropaning bir qança hukumatlari mudofaa budjeti hisobidan Ukraina uçun Amerika qurollarini sotib oliş rejalarini örganmoqda. Bu pullar yaqinda NATO sammitida tasdiqlangan ittifoq mamlakatlari tomonidan mudofaa xarajatlari miqdorida hisobga olinadi, biroq hozirça qat’iy majburiyatlar yöq, deb yozdi Politico.
AQŞ Senati Qurolli kuçlar qömitasi raisi Rojyer Uiker sözlariga köra, Vladimir Zelenskiyning sörovi endi «moliyaviy yordam haqida emas, balki Yevropa pullaridan Amerika qurollari va öq-dorilarini xarid qiliş imkoniyati haqida».
1 iyul kuni AQŞ Ukrainaga ba’zi öq-dorilar, jumladan Patriot havo mudofaa tizimi uçun raketalarni yetkazib berişni töxtatgani ma’lum böldi. Töxtatilişiga AQŞ armiyasining öz zaxiralari tugaşi bilan boğliq xavotirlar sabab bölgani aytildi. Yevropa rasmiylari Qöşma Ştatlarning bu qaroridan «hayratda qolişdi», deb yozdi Bloomberg manbaga tayanib.
AQŞ Davlat departamenti Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatmaganini aytdi. Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus: «Bu bir jihat, bitta vaziyat, bitta voqea özgardi», dedi. The Economist bilan suhbatlaşgan Ukraina rasmiylariga köra, AQŞ barça harbiy yordamni, jumladan öq-dorilar va ehtiyot qismlarini jönatişni töxtatgan.











