Isroil harbiylari Ğazo sektori janubidagi Xon-Yunus şahrining bir qator turar joy hududlari aholisini çiqarib yuboriş töğrisida buyruq çiqardi va ularga qarşi ommaviy hujumlar bilan tahdid qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi rasmiy vakili Aviçai Adraining X ijtimoiy tarmoğidagi xabarida aytilgan.
Adrai Ğazo hududlarga bölingan, qizil rangda «taqiqlangan zonalar» deb nomlangan xaritasini e’lon qildi.
Xaritaga köra, Xon-Yunusning 36-, 40- va 89-hududlari evakuatsiya qilinişi kerak. Isroil armiyasi vakili yaqin kelajakda bu hududlarga kuçli zarbalar berilişi haqida ogohlantirdi.
Adrai u yerda yaşovçi falastinliklarni Ğazo şimolidagi Deyr al-Balah şahriga köçib ötişga va «orqaga qaytmaslikka çaqirdi».
2023 yil 7 oktyabrdan beri Ğazo sektorida davom etayotgan Isroil tajovuzi natijasida kamida 56 647 falastinlik halok böldi va yana 134 105 kişi jarohat oldi.
Isroil 18 mart kuni yangi hujumlar tölqinini boşlaganidan beri Ğazoda 6315 kişi halok böldi va 22 064 kişi yaralandi.










