Sankt-Peterburgning Smolninskiy tuman sudi şaharning tarixiy markazida öyinçoq qurol bilan raqsga tuşgan özbekistonlik Javohir Sagdullayevni beş oylik qamoq jazosiga hukm qildi.
Uning jazo muddati tergov hibsxonasida bölgan vaqtini hisobga olgan holda ötalgan hisoblanadi, deb xabar qildi Sankt-Peterburg sudlarining birlaşgan matbuot xizmati.
Mart oyida Rossiya Içki işlar vazirligining hududiy boş boşqarmasi Sankt-Peterburg markazidagi «Galereya» savdo markazi yaqinida bir guruh yoşlar qurşovida öyinçoq qurol bilan raqsga tuşayotgan 19 yoşli Özbekiston fuqarosi qölga olingani va bezorilik moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar bergan edi.
«Sud Sagdullayevning qilmişini Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi 1-qismi «a» bandi bilan kvalifikatsiya qildi va uni beş oy muddatga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi», deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, sudlanuvçi raqs vaqtida «öyinçoq qurolni atayin körsatgan», bu esa boşqalarga psixologik ta’sir körsatiş va jamoat tartibini qöpol ravişda buziş sifatida baholanadi. Ta’kidlanişiça, Sagdullayev öz aybiga iqror bölib, tavba qilgan.
«Hibsxonada ötkazilgan vaqt hisobga olindi, şuning uçun jazo ötalgan hisoblanadi», deb qöşimça qildi matbuot xizmati. Sagdullayev sud zalida hibsdan ozod etildi.









