Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lum qilişiça, agentlik Samarqand viloyatidagi tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun “Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ (sobiq Eksportni rağbatlantiriş agentligi) tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam mablağlarining maqsadli işlatilişi holatini örgandi.
Ma’lum bölişiça, AJ tomonidan 5 ta, jumladan, “A.F” xususiy korxonasi, “Q.J”, “O.G”, “A.Ş” fermer xöjaliklari va “S.M.M” MÇJga konsalting xizmati uçun 9 ta sertifikat olişga 709 mln söm subsidiya ajratilgan.
Agentlik tomonidan ötkazilgan örganişda sertifikat olişga konsalting xizmati körsatuvçi “W.M”, “D.Q.S” MÇJ, şuningdek, “O.M.S” XK yuqorida qayd etilgan fermer xöjaliklari va MÇJga aslida körsatilmagan konsalting xizmatlari uçun soxta hujjatlar tayyorlab, “Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi”ga taqdim etgan va jami 600 mln söm budjet mablağlarini öz hisob raqamlariga ötkazişga erişgani aniqlandi.
Qayd etilgan holatlar böyiça uşbu konsalting xizmati körsatuvçilar, “Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi” AJning mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.
Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








