Ukrainaning Jitomir oblasti Berezina qişloği hududida joylaşgan ikkita korxonada 2 iyul kuni keçqurun portlaş sodir böldi. Portlaşlar oqibatida ikki kişi halok bölgan, 24 kişi jabrlangan, şundan tört nafar bolalar. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Buneçkoning sözlariga köra, halok bölganlar korxona xodimlari edi, yaralanganlarning köpçiligi mahalliy aholi vakillaridir.

Portlaşlar M-06 Kiyev – Çop avtomobil yölidagi ikkita işlab çiqariş obekti hududida sodir böldi, dedi Gluboçitsk obşinasi rahbari Sergey Sokolskiy. Uning sözlariga köra, ikkala korxona ham butunlay vayron bölgan. Guvohlardan biri «Suspilne»ga aytişiça, portlaşlar uç daqiqa farq bilan sodir bölgan. Rasmiylar portlaşlar sababini oçiqlamagan.

Avvaliga portlaşlar oqibatida Ozarboyjonning Socar kompaniyasi yoqilği quyiş şoxobçasiga zarar yetgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo oblast ma’muriyati rahbari bu versiyani rad etdi.

Vitaliy Buneçkoning aytişiça, portlaş oqibatida 25 ta uy töliq vayron bölgan. Mahalliy hukumat jami qança turar joy binosi şikastlangani töğrisida keyinroq ma’lumot berişini bildirgan. Hodisa oqibatida elektr uzatiş liniyasi ham şikastlangan, natijada 735 ta uy elektrsiz qoldi, deb xabar berdi «Jitomiroblenergo».

Portlaşdan keyin politsiya M-06 trassasining ikki yönalişini ham yopgan, harakat aylanma yöllar orqali taşkil etilgan. Keyinroq trassada harakat qisman tiklangan, ikki yönalişda ham bittadan polosa böylab yurişga ruxsat berilgan. Yölda tirbandlik yuzaga kelgan. Politsiya faqat 3 iyul tongida trassa böylab harakatni töliq tiklagan.

Hodisadan keyin Jitomir oblasti kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi mahalliy aholini derazalarni yopişga va köçaga çiqmaslikka çaqirdi.