Oq uy 4 iyuldan boşlab, savdo hamkorlarini Amerikaga eksport böyiça yangi tarif stavkalari töğrisida xabardor qilişni boşlaydi. Bu haqda prezident Donald Tramp ma’lum qildi, deb yozdi Financial Times. Qayd qilinişiça, savdo bitimini tuziş uçun berilgan muhlat 9 iyul kuni nihoyasiga yetadi.
Amerika prezidenti jurnalistlarga juma kuni 10 ta yoki 12 ta, keyingi kunlarda esa köproq maktub yuborilişini aytgan. 9 iyulgaça Qöşma Ştatlarning barça hamkorlari uşbu kampaniya bilan «töliq qamrab olinadi».
Tramp sözlariga köra, yangi tariflar «hajmi jihatidan turliça böladi, balki 60-70% yoki 10-20% gaça». Ayrim davlatlarga esa bundan ham yuqori stavkalar joriy qilinişi mumkin.
Avvalroq, AQŞ prezidenti yaqin orada yirik savdo bitimlari tuzilişi haqida gapirgan edi. Ammo 3 iyul kuni u sabr-toqati tugayotganini aytdi. «Mening niyatim xat yuboriş va ularga qanday tariflarga duç kelişini aytiş. Bu ança oson», dedi u.
Tramp yangi tariflar barça tovarlardan olinadimi yoki faqat ayrim tovarlar uçun joriy qilinadimi, bunga aniqlik kiritmadi. Masalan, avtomobillar va pölat uçun mos ravişda 25% va 50% tariflari allaqaçon mavjud. Yangi tariflar 1 avgustdan kuçga kiradi.
Joriy hafta e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, may oyida AQŞ tariflaridan tuşgan daromad ötgan yilga nisbatan qariyb tört baravarga ösib, rekord darajadagi 24,2 milliard dollarni taşkil etgan, bu ötgan oyga nisbatan 25 foizdan köproq.
Tramp 2 aprel kuni AQŞ savdo hamkorlariga «javob tariflarini» joriy qildi. Bir neça kundan keyin, qimmatli qoğozlar bozorlari keskin pasayib borayotgan bir paytda u tariflar uçun 90 kunlik tanaffus e’lon qildi.
Şundan beri faqat ikki davlat – Buyuk Britaniya va Vetnam AQŞ bilan savdo bitimini tuzdi.









