Ötgan hafta Eron va Isroil örtasida öt oçiş töxtatilganidan söng, Hörmuz böğozi orqali tijoriy yuk taşiş oşib bordi va xom neft hamda qayta işlangan mahsulotlarni taşiş narxi keskin pasaydi.

Isroilning Eronga hujumi bilan boşlangan 12 kunlik töqnaşuvda global savdo uçun strategik ahamiyatga ega bölgan Hörmuz böğozi diqqat markazida böldi. Eron Hörmuz böğozini yopişi, böğoz orqali neft va suyultirilgan tabiiy gaz (STG) savdosini töxtatib qöyişi mumkinligi haqidagi xavotirlar narxlar va yuk taşiş narxining oşişiga olib keldi.

Ikki davlat örtasidagi 12 kunlik qarama-qarşilik davomida Hörmuz böğozida tijoriy yuk taşiş hajmi sezilarli darajada qisqargani yöq, biroq 24 iyun kuni e’lon qilingan otaşkesimdan söng böğoz orqali tranzit bilan boğliq xavotirlar pasaydi.

Britaniya dengiz savdo taşkiloti (UKMTO) 23-29 iyundagi bir hafta uçun Yaqin Şarq böyiça bergan bahosida mintaqadagi tahdid darajasini «sezilarli» deb ta’rifladi, biroq Hörmuz böğozidagi tijoriy yuk taşiş harakati normal holatga kelgani va yuk taşiş uçun heç qanday xavf yöqligini bildirdi. Taşkilot sulhning mustahkamlanişi Fors körfazidagi taranglikni kamaytirişini ta’kidladi.

«Anadolu» agentligi muxbirining UKMTO ma’lumotlariga asoslanib tuzgan ma’lumotiga köra, 23-29 iyun kunlarida Hörmuz böğozidan 885 ta kema ötgan. Bu körsatkiç Eron va Isroil örtasidagi mojaro davom etgan 16-22 iyunga nisbatan 4 foizga köpdir.